Jahon | 08:48 / 30.10.2017
14591
2 daqiqa o‘qiladi

Qatar amiri o‘z mamlakati bilan bog‘liq mojaro sababini aytdi

Foto: RIA «Novosti»

Fors ko‘rfazi davlatlari Qatar bilan uning mustaqil pozitsiyasi tufayli ziddiyatga borishdi hamda mamlakatdagi rejimni o‘zgartirish harakatidalar, biroq Qatar mojaroga yechim topilishini istasa ham, o‘z mustaqilligidan hech qachon voz kechmaydi, deya ma'lum qildi Qatar amiri Tamim bin Hamad Al Taniy.

"Ularga mustaqil ekanimiz, mintaqaning rivojlanishi bo‘yicha qarashlarimiz yoqmaydi", - deya aytib o‘tdi u AQShning CBS kanalidagi “60 daqiqa” dasturi davomida bergan intervyusida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, raqiblarga, xususan, demokratiyaga intilish, Qatar “Al Jazira” telekanalini qo‘llab-quvvatlashi yoqmaydi. "Lekin biz “Al Jazira”ni yopmaymiz... Biz Fors ko‘rfazi davlatlari bilan yuzaga kelgan bu ziddiyat tugashini istaymiz, juda ham istaymiz, biroq o‘z mustaqilligimizdan voz kechmaymiz", - deya aytib o‘tdi u.

Al Taniy Fors ko‘rfazi mamlakatlari Qatarda rejimni almashtirishni istashmoqdami, degan savolga shunday javob berdi: "Ha, ular rejimni o‘zgartirishni xohlashmoqda".

Mavzuga oid