Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada Qirg‘iziston haydovchilik guvohnomalariga taqiq qo‘yilishi mumkin
Rossiyada Qirg‘izistonda berilgan haydovchilik guvohnomalari bo‘yicha mashina boshqarishni taqiqlovchi qonun loyihasi Davlat dumasiga kiritildi. Rossiya Liberal-demokratik partiyasidan vitse-spiker Igor Lebedev shunday tashabbus bilan chiqdi.
«26 oktabr kuni Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atamboyev Oktyabr inqilobi kunini Tarix va ajdodlar xotirasi kuniga o‘zgartirish haqidagi farmonni imzoladi. Uni nishonlash chog‘ida 1916 yildagi Rossiya imperiyasiga qarshi qo‘zg‘olon hodisalari sharaflanadi. Bizning fikrcha, Qirg‘iziston Respublikasining bunday nodo‘stona qadami tufayli avval qabul qilingan ba'zi qarorlarni qayta ko‘rib ko‘rish zarurati paydo bo‘ldi. Xususan, tadbirkorlik va mehnat faoliyatini amalga oshirish chog‘ida milliy hamda xalqaro haydovchilik guvohnomalari asosida transport vositalarini boshqarishga qo‘yilgan taqiq ham shular jumlasidan», - deya tushuntirish berdi Igor Lebedev.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin iyul oyida Qirg‘iziston fuqarolariga RFda transportda, Rossiya haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lmagan holda ishlashni ruxsat beruvchi qonunni imzolagandi.
Mavzuga oid
09:32
Bokuda sakkiz nafar Rossiya fuqarosi qamoq jazosiga hukm qilindi
22:13 / 19.06.2026
Zelenskiy Lukashenkoga ultimatum qo‘ydi va uni bajarish uchun bir hafta muhlat berdi
12:13 / 19.06.2026
Moskvaga urush davridagi eng yirik hujum – suratlar
08:28 / 19.06.2026