Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Aka-singil qizigan yog‘ va suv ishtirokida "tajriba" o‘tkazishdi
Skrinshot: Youtube/YourMood
Moskva shahridagi xonadonlardan birida aka va singil qizigan yog‘ hamda suv ishtirokida tajriba o‘tkazib, yong‘in sodir etishdi. Bu haqida 31 oktabr kuni "Moskva" shahar yangiliklari agentligi xabar berdi.
Huquq-tartibot organlaridagi manba ma'lumotiga ko‘ra, voqea 30 oktabr kuni "Rabochaya" ko‘chasida joylashgan uyda ro‘y bergan. 24 yoshli aka 22 yoshli singlisi bilan tovaga o‘simlik yog‘i quyishgan, u qizigach, suv qo‘shishgan. Natijada portlash sodir bo‘lgan, yong‘in boshlangan. Yoshlarda kuyish jarohatlari qayd etilgan.
Ta'kidlanishicha, voqea sodir bo‘lgan joyga olti o‘t o‘chiruvchi va ikki tez yordam mashinasi yo‘l olgan. Evakuatsiya o‘tkazilmagan.
Bundan avval, oktabr oyida ijtimoiy tarmoqlarda rossiyalik maktab o‘quvchisining qizib turgan yog‘ solingan tovaga bir stakan suv quygan "tajribasi" keng tarqalgandi. Unda ham "tajriba" yong‘in bilan tugagan edi.
Mavzuga oid
08:50 / 14.01.2026
Mirzo Ulug‘bek tumanida ko‘p qavatli uyda yong‘in sodir bo‘ldi
09:34 / 13.01.2026
Mirzo Ulug‘bek tumanida avtobus saroyida yong‘in sodir bo‘ldi
16:03 / 10.01.2026
Shveytsariya Kran-Montaneda yong‘in qurbonlari xotirasini yod etdi
13:56 / 08.01.2026