Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Janubiy Koreyaning yadro quroli ishlab chiqarishi masalasiga oydinlik kiritildi
Koreya respublikasi o‘z hududida yadro qurolini ishlab chiqish yoki joylashtirishni rejalashtirmayapti. Bu haqda mamlakat prezidenti Mun Chje In Milliy kengashdagi nutqida bayonot berdi, deb yozmoqda TASS.
"Janubiy va Shimoliy Koreya birgalikda e'lon qilgan yadrosizlantirish to‘g‘risidagi deklaratsiyaga muvofiq, KXDRning yadroviy maqomini qabul qilish mumkin emas. Biz ham atom qurolini ishlab chiqarmaymiz yoki joylashtirmaymiz", - degan Mun Chje In.
Shu bilan Koreya rahbari konservativ muxolifatning o‘z yadro qurolini ishlab chiqish yoki AQSh yadro qurolini joylashtirish xususidagi taklifiga javob berdi.
Uning qayd etishicha, Seul Koreya yarim orolida tinchlikka intiladi va millionlab insonlarning yostig‘ini quritishi mumkin bo‘lgan yangi urush boshlanishiga yo‘l qo‘ymaydi.
"Qurolli mojaro har qanday holatda ham ro‘y bermasligi kerak. Harbiy harakatlar Janubiy Koreyaning roziligisiz boshlanmaydi", - deya bayonot bergan Mun Chje In.
Shu bilan bir vaqtda, Mun Chjye In Pxenyanni yangi fitnalarga yo‘l qo‘ymaslikka chaqirib, Seul va Vashingtonning harbiy ittifoqi avvalgidek mustahkam bo‘lib qolishini bildirdi. U, shuningdek, xalqaro hamjamiyatni yadro quroli ishlab chiqish g‘oyasidan vo kechishi hamda muzokaralar davrasiga qaytishi uchun KXDRga imkon qadar yuqori darajadagi bosim o‘tkazishni davom ettirishga undagan.
Mavzuga oid
20:27 / 09.06.2026
Si Jinping Pxenyanda: Xitoy va KXDR munosabatlarni «yangi cho‘qqilar»ga olib chiqmoqda
13:32 / 14.05.2026
Koreyaga ishga yuborishdagi yirik sxema: Kun.uz bu haqda uch yil oldin bong urgan edi
20:18 / 11.05.2026
Kim Chen In o‘zi o‘ldirilgan taqdirda, yadroviy zarba bilan qasos olishni buyurdi
19:26 / 06.05.2026