Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Yevrosement” O‘zbekistonda sement zavod qurilishiga 160 mln dollar sarmoya ajratadi
Xitoyning CNBM kompaniyasi tarkibiga kiruvchi Beijing Triumph International Engineering O‘zbekistonda “quruq” usul bilan yiliga 3 mln tonna sement ishlab chiqaruvchi zavod qurilishi uchun tenderni yutib chiqdi. Kelishuv qiymati kamida 160 mln dollar bo‘lib, loyiha 2020 yilgacha amalga oshiriladi.
Bu haqdagi kelishuvni “Yevrosement grup” kompaniyasi boshliqlari kengashi raisi Filaret Galchev va “O‘zqurilishmateriallar” AJ boshqaruv raisi Botir Zaripov O‘zbekiston va Rossiya bosh vazirlari Dmitriy Medvedev va Abdulla Aripov ishtirokida imzolaganlar.
Bu zavod yuqori texnologik qurilma bilan jihozlangan Markaziy Osiyodagi eng yirik sement zavod bo‘ladi. Zavodni loyihalashtirish, qurish, qurilmalarni montaj qilish, xodimlarni o‘qitish kabi ishlar amalga oshiriladi. Yangi zavod “Ohangaronsement” korxonasi negizida qurilishi rejalashtirilmoqda.
“Yevrosement grup” dunyodagi eng yirik beshta sement kompaniyasidan biri hisoblanadi hamda Rossiya, Ukraina va O‘zbekistondagi 19 ta sement zavodi, temirbeton, temirbeton mahsulotlari ishlab chiqaruvchi zavodlar va norudali materiallar qazib olish karerlarini birlashtiradi.
Mavzuga oid
23:44 / 13.06.2026
Turkiyada qo‘lga olingan xalqaro qidiruvdagi ikki shaxs O‘zbekistonga qaytarildi
12:12 / 09.06.2026
O‘zbekistonning oltin-valuta zaxiralari qisqardi
11:00 / 08.06.2026
Isroilda xavfsizlik vaziyati keskinlashishi mumkin - elchixona
09:01 / 04.06.2026