Jahon | 13:10 / 02.11.2017
6985
1 daqiqa o‘qiladi

Kanada vaziri Ukraina milliy libosida ukraincha tvit qoldirdi

Kanada milliy mudofaa vaziri Harjit Sajan «Ukraina kuni» munosabati bilan ushbu davlat parlamentida mehmon bo‘ldi. U Ukraina milliy libosini kiyib, o‘zining Twitter sahifasida ukrain tilida xabar qoldirdi. 

«Parlament tepaligida "Ukraina kuni!" Kanada Qurolli kuchlari Ukraina Qurolli kuchlaridagi hamkorlar bilan ajoyib hamkorlik qilmoqda. Ukrainaga shon-sharaflar!», — deb yozgan Sajan.

Kanada ukrain millatiga mansub aholi soni bo‘yicha dunyoning uchinchi davlati hisoblanadi. 2011 yilgi ma'lumotlarga ko‘ra, kelib chiqishi Ukrainadan bo‘lgan kanadaliklar soni 276 ming kishini tashkil etgan. Yana 1 mlnga yaqin kishi qarindoshlarining bir tomonidan ukrain hisoblangan. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid