Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya va Rossiya o‘rtasidagi S-400 bo‘yicha shartnoma qiymati ma'lum qilindi
Turkiyaga S-400 "Triumf" zenit-raketa tizimlarini yetkazib berish bo‘yicha shartnoma qiymati 2 mlrd dollardan ortiqdir. Bu haqda "Rostex" davlat korporatsiyasi bosh direktori Sergey Chermezov TASSga ma'lum qildi.
"S-400 bo‘yicha Turkiya bilan shartnoma qiymati 2 mlrd dollardan ortiqni tashkil etdi", - degan Chermezov. Ammo boshqa tafsilotlarga to‘xtalmagan.
Avvalroq RF prezidentining harbiy-texnik hamkorlik masalalari bo‘yicha yordamchisi Vladimir Kojin TASS agentligiga bergan intervyusida Rossiya va Turkiya S-400 ZRTni yetkazib berish bo‘yicha shartomani imzolagani va u ijro etishga tayyorlanayotgani haqida so‘z yuritgan edi.
Turkiya mudofaa sanoati kotibiyati boshliq o‘rinbosari Ismoil Demir S-400 tizimlarini yetkazib berish 2 yil davomida boshlanishini bildirgan edi.
Mavzuga oid
22:50 / 22.06.2026
Rossiyada 8 yoshli qahramon Xizir Derbichevning jasadi topildi
21:39 / 22.06.2026
Rossiyada migrantlarning pul o‘tkazmalaridan komissiya undirish taklif etildi
09:32 / 20.06.2026
Bokuda sakkiz nafar Rossiya fuqarosi qamoq jazosiga hukm qilindi
22:13 / 19.06.2026