O‘ndan ortiq kishi Facebook’da tergovchiga tuhmat qilgani uchun javobgarlikka tortilishi mumkin
Shu yilning 12 oktabr kunida tashkil etilgan matbuot brifingida Toshkent shahar IIBB rasmiy vakili Doniyor Toshxo‘jayev ichki ishlar idorasi tergovchisiga nisbatan tuhmat qilgan Facebook foydalanuvchilari O‘zbekiston Respublikasida o‘rnatilgan tartibda javobgarlikka tortilishi mumkinligi haqida ma'lum qilgan edi. U internet foydalanuvchilari 27 iyulda Sergelidagi kafelardan birida pichoqlangan qizning ishi bo‘yicha surishtiruv olib borgan tergovchi va sudlanuvchiga hukm chiqargan sudyani pora olishda ayblashganini bildirgandi.
«Sergeli tumani tergovchisi unga tuhmat qilgan fuqarolarga nisbatan qonuniy choralar ko‘rishni so‘rab murojaat qildi. Biz murojaatni qabul qilib, tuhmat qilganlarni topib, ularga nisbatan qonuniy choralar ko‘rishi uchun shahar prokuraturasiga topshirdik. Agar internet foydalanuvchilari bizning xodim ayblanuvchidan qandaydir mukofot olganini da'vo qilishsa, dalil keltirishsin. Bizning qonunchilikda tuhmat haqida modda bor. Foydalanuvchilar tergovchini poraxo‘rlikda ayblashdi. Biz esa, buning tuhmat ekanini isbotlash niyatidamiz», – degan edi Doniyor Toshxo‘jayev.
2 noyabr kuni tashkil etilgan matbuot anjumanida mazkur ish yuzasidan olib borilayotgan surishtiruv ishlari qaysi bosqichda ekaniga oydinlik kiritildi.
Toshxo‘jayevning so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunga qadar mazkur ish deyarli 80 foiz yakuniga yetib qolgan. Unda 200 ga yaqin Facebook foydalanuvchisining yozgan fikrlari o‘rganilgan. Shundan O‘zbekiston Respublikasi JKning tuhmat qilish moddasiga mos tushuvchi holatlar bo‘yicha 10 nafar fuqaroga nisbatan hujjatlar to‘planganidan so‘ng, ko‘rib chiqish uchun shahar prokuraturasiga taqdim etiladi.
Mavzuga oid
18:38 / 13.11.2024
“Sharoitidan ham, o‘qituvchilaridan ham qo‘rqib ketdim” - Toshkentdagi o‘quv markazidan odamlar norozi
15:05 / 12.11.2024
Toshkent havosini ifloslantirishi mumkin bo‘lgan barcha obektlar nazoratga olindi - hokimlik
22:45 / 10.11.2024
Toshkentda «zakladchik»ni kaltaklagan uch nafar shaxs qo‘lga olindi
17:26 / 08.11.2024