27 iyulda Toşkent şahri Sergeli tumani Sergeli-1 mavzesidagi kafelardan birida noma'lum kimsa yoş qizni piçoqlab qöydi. Hozirça, bu voqea sababi noaniqligiça qolmoqda. Guvohlarning aytişiça, qizlar özaro suv sepib turişgan vaqtda yaqin oradan ötib ketayotgan mast kişiga suv tegib ketadi.
Boşqa guvohlarga köra, qiz kafeda döstlari bilan ötirgan vaqtda mast erkak unga tegajoğlik qilgan. Bunga javoban qiz mast kişining yuziga suv sepib yuborgan. Şu bilan janjal kelib çiqqan.
Guvohlarning aksariyati erkak kişi özini juda ğazab bilan tutganini, stullarni otib, fin piçoğini öynatganini ma'lum qildi. Keyinroq u qizga hujum qilib, uni yaralagan va voqea joyidan juftakni rostlagan.

Foto: Facebook
Kafe mijozlari tez tibbiy yordamni çaqirişgan. Qiz şahar şifoxonalaridan biriga olib ketilgan. Uning ahvoli yaxşi ekani xabar qilingan.
Toşkent şahar IIBB Tergov bölimi vakili voqea yuzasidan suriştiriş olib borilayotgani va gumondor qidirilayotganini bildirdi.
Toşkentdagi kafeda yuz bergan voqea yuzasidan 1 kişining işi sudga oşirildi, 2 kişi uşlangan











