Sport | 20:12 / 04.11.2017
10539
2 daqiqa o‘qiladi

Mashhur basketbolchi Lebron Jyeyms Karim Abduljabbor va Maykl Jordanni ortda qoldirdi

"Klivlend Kavalers" basketbol klubi hujumchisi Lebron Jyeyms “Vashington Uizards”ga qarshi uchrashuvda 57 ochko to‘plab, faoliyatidagi 29 ming ochkoni to‘pladi.

Nazvaniye

Milliy basketbol uyushmasi rasmiy saytida ma'lum qilinishicha, endilikda Lebron hisobida 29049 ochko bor. U bu chegaradan o‘tgan MBU tarixidagi yettinchi o‘yinchiga aylandi. Shu bilan birga 32 yoshli Jyeyms 29 ming ochko to‘plagan eng yosh basketbolchi bo‘ldi. Avval bu rekord Kobi Brayantga tegishli bo‘lgan va u bu natijaga 33 yoshida erishgan. 

Brayant va Jyeymsdan tashqari 29 mingdan ko‘proq ochkoni Karl Meloun, Maykl Jordan, Uilt Chemberlen, Dirk Novitski va Karim Abduljabbor to‘plagan. Umuman olganda, eng ko‘p ochkoga egalik qilish bo‘yicha Karim Abduljabbor yetakchi hisoblanadi. U butun faoliyati davomida 38387 ochko to‘play olgan.

Shuni qayd qilish kerakki, Jyeyms afsonaviy Jordanni ortda qoldirib, pley-off o‘yinlarida eng ko‘p ochko to‘plagan basketbolchi bo‘ldi. Uning hisobida ayni vaqtda 5995 ochko bor.

Bungacha pley-off o‘yinlarining eng sermahsul o‘yinchisi Maykl Jordan bo‘lgan. U 1984 yildan 1993 yilgacha va 1995 yildan 1998 yilgacha pley-off o‘yinlarida ishtirok etib, 5987 ochko to‘plagan.

Bu boradagi 3-natija Karim Abduljabborga tegishli (5762 ochko).

Mavzuga oid