MBAning «Klivlend Kavalers» klubi 2003 yilda Lebronni tanlab olganida u 18 yoşda edi. Öşandayoq yigitçadan deyarli imkonsiz narsani kutişgandi: ESPN Jyeymsning maktabdagi bahslardagi iştirokini translyatsiya qilar, Sports Illustrated jurnali esa «Tanlangan» (The Chosen One) deya uning suratini 2002 yil fevral soni muqovasiga çiqargandi. Lebron öyinçi, biznesmen va filantrop sifatida barça kutganidan ham köproğiga erişdi. Bu haqda Forbes yozmoqda.
Maydon va uning taşqarisidagi muvaffaqiyat Lebronga 450 mln dollar keltirdi. U bu boylikka nafaqat MBAdagi mömaygina oyligi, balki yirik reklama loyihalari va biznes taşabbuslari orqali erişdi.

Lebron haqida ESPN+ «Sportçidan ham kattaroq» nomli 8 qismli hujjatli serialni namoyiş etgan. Serial Jyeyms va uning döstlari Maverik Karter, Rendi Mims, Riç Pol haqida bölib, uni Lebron va Karterga qaraşli Uninterrupted mediakompaniyasi suratga olgan.
Jyeyms MBAdagi 16 yillik faoliyati davomida faqat bir marta (2016/17 yilgi mavsum) liganing eng köp maoş tölanuvçi basketbolçisi bölgan. Ammo uning uşbu mavsumdagi umumiy daromadi miqdori 270 mln dollarni taşkil etadi — bu hozirgi öyinçilar orasidagi eng yaxşi körsatkiç hisoblanadi. Lebron asosiy mablağini doimo maydonça taşqarisida topgan. Uning reklamadan topadigan yillik daromadlari ba'zan maoşidan ikki-uç baravar köproq bölgan. Nike Jyeymsning MBAdagi debyut mavsumidan boşlab uning eng yirik homiysi bölib keladi. Kompaniyaning ilk şartnomasi 7 yilga tuzilgan bölib, şartnoma summasi 100 mln dollardan ortiqroq bölgan. Taqqoslaş uçun: «Klivlend» bilan tuzilgan birinçi şartnomasiga köra Lebron 4 yilda 18,8 mln dollar olgan.
Lebron nomi tuşirilgan krossovkalar keyingi ön yil davomida eng köp sotilgan krossovka bölgan.
Jyeyms 2015 yilda Nike bilan bir umrlik şartnoma imzolagan. Lebronning biznes menejyeri Maverik Karterning aytişiça, kompaniya unga 1 mlrd dollar tölaydi.
Jyeyms butun professional faoliyati davomida 15dan ortiq brendni reklama qilgan. Uning reklamadan topadigan umumiy daromadi miqdori 2018/19 yilgi mavsum oxirigaça 600 mln dollarga yaqinlaşadi.
Lebronning Beats Electronics kompaniyasiga kiritgan uluşi özini oqlagan, Apple 2014 yilda uşbu kompaniya uçun 3 mlrd dollar tölagan. 2011 yilda Fenway Sports Group (FSG) bilan hamkorlik ham daromad keltirdi. Lebron FSG guruhiga tegişli «Liverpul» klubining bir qism aksiyasiga ega böldi. Öşandan buyon klub narxi 552 mln dollardan 1,9 mlrd dollarga yetdi.











