Jahon | 00:05 / 04.11.2017
5003
1 daqiqa o‘qiladi

Puchdemon Kataloniyadagi saylovlarda dunyoning istalgan nuqtasidan ishtirok etishga tayyorligini bildirdi

Foto:© AP Photo/Manu Fernandez

Kataloniyaning sobiq rahbari Karles Puchdemon 21 dekabrga belgilangan Kataloniyada o‘tadigan saylovlarga o‘z nomzodini qo‘yishga va buni sayyoramizning istalgan nuqtasidan amalga oshirishga tayyorligini aytdi.   

U bu haqda Belgiyaning RTBF telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tgan.

“Men nomzod bo‘lishga tayyorman”, deb aytgan Puchdemon. Kataloniyaning sobiq rahbari jurnalistning u o‘z saylovoldi kampaniyasini Belgiyadan olib borishi-bormasligini aniqlashtirish maqsadida bergan savoliga “bu kampaniyani sayyoramizning istalgan joyidan olib borishga tayyorligini” aytgan.

Puchdemon boshchiligidagi Kataloniya rahbariyati Ispaniya hukumati tomondan chetlatildi. Siyosatchi hozirda Kataloniyaning 4 nafar sobiq vaziri bilan birgalikda Belgiyada qolmoqda.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid