Toshkentda MDH Elektr energetika Kengashinig yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. U haqda nimalarni bilishimiz lozim?
4 noyabr kuni Toshkent shahrida Mustaqil davlat hamdo‘stligi Elektr energetika Kengashining 51-yig‘ilishi bo‘lib o‘tgani haqida xabar berilgandi. Unga ko‘ra kun tartibidan o‘rin olgan 14ta masala muhokama qilinib, uchrashuv so‘ngida bir qator hujjat loyihalar imzolandi.
Majlisda nutq so‘zlagan Rossiya Federatsiyasi energetika vaziri, MDH Elektr energetika Kengashining prezidenti Aleksandr Novak yig‘ilish ishtirokchilariga samarali ish faoliyatini tilab, 25 yilda ilk marta Toshkent shahrida o‘tkazilayotgan tadbirga omad tiladi. Shuningdek, unda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Alisher Sultonov ham ishtirok etdi.
Tadbir ishchi kunining birinchi yarimida MDHga a'zo davlatlarning energetika tizimini 2017-2018 yillar kuz-qish mavsumida barqaror ishlashini ta'minlash to‘g‘risida ma'ruzalar tinglandi. Aleksandr Novakning aytishicha, MDH doirasida barcha a'zo davlat o‘z majburiyatini to‘laqonli bajarmoqda.
«Ayrim fors-major holatlarni hisobga olmasak, sanoat, aholi iste'moli va boshqa maqsadlardagi sarf uchun energiya ishlab chiqarish bo‘yicha harakatlar rejadagidek davome etmoqda», deydi u.
Yig‘ilish davomida a'zo davlatlar energetika soha rahbarlari tarmoq xodimlari bilan ishlash, elektroenergetika sohasida kadrlarni yetishtirish masalasiga ham to‘xtalib o‘tdi. Joriy yil 7 aprelda qabul qilingan MDH elekrtenergetika sohasida kadrlarni tayyorlash rejasi keng muhokama etildi.
Shuningdek, uchrashuvda
- Mehnat muhofazasi hamda uskunalarning ishga yaroqliligi bo‘yicha tuzilgan Ishchi guruh tomonidan taqdim etilgan hujjatlar;
- MDH doirasida elektroenergetika sohasining normativ-texnik bazasini yangilash va muvofiqlashtirish bo‘yicha tuzilgan Ishchi guruh taqdim etgan hujjatlar;
- MDH doirasida elektroenergetikaning metrologik xizmat ta'minoti bo‘yicha tuzilgan Ishchi guruh taqdim etgan hujjatlar;
- Qayta tiklanuvchi va energosamarador quvvat manbayini o‘rganish bo‘yicha tuzilgan Ishchi guruh taqdim etgan hujjatlar;
- Kengash huzurida ish boshlagan Atrof-muhitni himoya qilish bo‘yicha tuzilgan Ishchi guruhning xulosasi;
- Favqulodda holatlar yuz berganda, jumladan elektroenergetika sohasida uchraydigan inqirozlarni bartaraf etish maqsadida a'zo davlatlarning o‘zaro kelishuvi;
- MDH a'zo davlatlari orasida umumiy elektroenergiya bozorini tashkil qilish masalalari muhokamadan o‘tdi.
Yig‘ilishda mehmon sifatida ishtirok etgan Saudiya Arabistoni qirolligining energetika, sanoat va mineral resurslar vaziri Holid al-Falih rossiyalik hamkasbi Aleksandr Novak, O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari Alisher Sultonov hamda Qozog‘iston Energetika vaziri ishtirokida tor doiradagi yig‘ilishda ishtirok etdi. Yopiq tartibda o‘tgan yig‘ilishdan so‘ng, vazir Holid al-Falih Kun.uz muxbiriga quyidagilarni ma'lum qildi:
"Butun dunyoda energiya manbalariga bo‘lgan ehtiyoj oshib borarkan, Osiyoda aniqlangan manbalar birlamchi zaruriyatga aylanishi sir emas. Mintaqa nafaqat neft va gaz sohasida, balki o‘zaro integratsiyallashuvni rivojlantirish orqali energetika sohasida ham peshqadam bo‘la oladi. Neft bozorida yuz berayotgan global o‘zgarishlarga baho bergan holda, kelgusi strategiya yo‘llari muhokama etildi. O‘tgan yili noyabr oyida imzolangan shartnoma bandlarida ko‘rsatilgan talablarni bajarish yuzasidan monitoring amalga oshirildi. Saudiya Arabistoni va Rossiya Federatsiyasi energetika vazirlari o‘zlarining texnik xulosalarini keltirib o‘tdilar. Biz oldimizga qo‘ygan marralarni hali oshib o‘tmadik, qilinishi zarur bo‘lgan ishlar ko‘p", deydi u.
Saudiyalik vazir o‘z bayonoti davomida 29 noyabr kuni Vena ish boshlashi kutilayotgan OPeK+ vazirlar qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishida aynan boshlangan ishlar yakuniga yetishi, erishilgan natijalari elon qilishiga sha'ma qildi.
Mavzuga oid
14:04 / 08.11.2024
MDH davlatlari 2030 yilgacha harbiy hamkorlik konsepsiyasini ishlab chiqadi
16:41 / 03.11.2024
O‘zbekiston rus tili bo‘yicha xalqaro tashkilot tuzish to‘g‘risidagi shartnomaga qo‘shildi
14:50 / 31.10.2024
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri MDH bosh kotibi bilan uchrashdi
20:38 / 30.10.2024