Sport | 19:10 / 05.11.2017
6719
2 daqiqa o‘qiladi

«Tottenhem» g‘alaba qozonib, turnir jadvalida yuqoriladi

Foto: Reuters

Angliya premer-ligasining 11-turida «Tottenhem Hotspur» «Kristal Pelas»ga qarshi uchrashuv o‘tkazdi. Londondagi «Uembli» stadionida kechgan uchrashuv maydon egalarining 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

O‘yindagi yagona gol ikkinchi bo‘limda Song Hyong Min tomonidan urildi. Janubiy koreyalik hujumchi raqib jarima maydoni tashqarisidan turib to‘pni darvozaning olis burchagiga yo‘lladi - 1:0.

Endilikda «Tottenhem» ochkolari sonini 23taga yetkazdi va turnir jadvalida hozircha uchinchi o‘ringa joylashdi. Chempionatda to‘qqizinchi mag‘lubiyatini qabul qilib olgan «Kristal Pelas» 4 ochkosi bilan oxirgi pog‘onada joylashgan.

Angliya Premer-ligasi
11- tur

Tottenhem – Kristal Pelas 1:0 (0:0, 1:0)
Gol: 1:0 – 64 Song Hyong Min.
Tottenhem – Gassaniga, Vertongen, Rouz (Devis, 90), Sanches, Ore, Sissoko, Uinks (Dembele, 46), Eriksen, Dayyer, Keyn (Lorente, 77), Song Hyong Min.
Kristal Pelas – Speroni, Uord (Sako, 76), Denn, Sako, Kabay, Loftus-Chik, Zaa, Milivoyevich, Taunsend, Shlupp, Fosu-Mensa.
Ogohlantirishlar: Taunsend (45), Shlupp (56).

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid