AQSh, Janubiy Koreya va Avstraliya qo‘shma harbiy-dengiz mashqlarini boshlashdi
AQSh, Janubiy Koreya va Avstraliya Qo‘shma Shtatlar prezidenti Donald Trampning Seulga tashrifidan avval qo‘shma harbiy-dengiz mashqlarini boshlashdi. Bu haqda RIA «Novosti» Janubiy Koreya harbiy-dengiz kuchlari qo‘mondonligiga tayangan holda xabar qilmoqda.
Mashqlar Janubiy Koreyaning Chedjudo oroli yaqinidagi suvlarda o‘tkaziladi hamda ikki kun davom etadi.
«Hozirgi mashqlar ittifoqchi davlatlarning birlashgan harbiy-dengiz kuchlari tomonidan Shimoliy Koreya yadro quroli va boshqa ommaviy qirg‘in qurollarini olib kirish hamda olish chiqish bo‘yicha harakatlarini bartaraf etish, BMT Xavfsizlik Kengashining KXDR fitna harakatlari bo‘yicha rezolyutsiyalarini bajarishga qaratilgan», - deyiladi qo‘mondonlik xabarida.
Mashqlarda Janubiy Koreyaning «Sedjon» eskadrilya mina tashuvchisi o‘z bortida boshqariluvchi raketalar va «Idjis» avvaldan ogohlantirish tizimi bilan, Amerikaning Chafee mina tashuvchisi, shuningdek, Avstraliyaning «Melburn» hamda «Parramatta» harbiy kemasi ishtirok etadi.