Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sobiq harbiy 26 kishini otib tashladi. Terakt deb baholanmagan hodisa tafsilotlari
AQShning Texas shtatida joylashgan Sazerlend-Springs shaharchasida mahalliy vaqt bilan soat 11:30da qurollangan shaxs baptistlar cherkoviga bostirib kirdi va yakshanba ibodatiga yig‘ilganlarni o‘qqa tutdi. Qotil qora kiyimda bo‘lgan, uning kiyimiga o‘q o‘tkazmaslik uchun maxsus jilet taqilgandi. U yarimavtomat vintovkadan foydalangan. Ushbu ommaviy qotillik 26 kishining umriga zomin bo‘ldi: 23 jasad cherkov ichidan topilgan, yana ikki jasad tashqarida edi. Bir kishi shifoxonaga olib ketilayotganida jon bergan. 20 kishi jarohatlangan holda shifoxonaga yotqizilgan.
Jinoyatchi cherkovdan chiqqan va mashinasiga minib voqea joyidan jo‘nab ketgan. Mahalliy kishilardan biri unga o‘z qurolidan o‘q uzib, jarohatlagan va uni ta'qib qilgan. Bir qancha vaqt o‘tganidan keyin qotil qo‘shni okrug hududida, o‘z avtomobilida jonsiz holda topildi. Politsiya uning o‘limi jarohat tufayli ro‘y berganmi yoki u o‘zini o‘ldirganmi, aniqlik kiritmadi.
OAV politsiya ma'lumotiga asoslangan holda qotilning shaxsini ma'lum qildi: u Texasda yashab kelgan, 26 yoshda bo‘lgan Devin Patrik Kellidir. The New York Times nashrining yozishicha, Kelli ma'lum muddat Amerika harbiy-havo kuchlarida xizmat qilgan, ammo keyin ishdan haydalib, harbiylarning barcha imtiyozlaridan mahrum etilgan — u o‘z rafiqasi va farzandiga qilgan tajovuzkorligi tufayli tribunalga tortilgandi. Ishdan haydalishidan oldin Kelli 12 oylik qamoq jazosiga hukm qilingandi. CNN ma'lumotiga ko‘ra u Ruger AR-556 qurolini 2016 yilning avgustida San-Antoniodagi do‘kondan xarid qilgandi. U hujjat to‘ldirish vaqtida qonun bilan bog‘liq muammosi yo‘qligini yozgan.
Uning jinoyati sabablari hamon ma'lum emas. U hujum qilish vaqtini imkon qadar ko‘proq kishini o‘ldirishni maqsad qilgan holda tanlagan: soat 11da Birinchi baptistlar cherkovida yakshanba ibodati boshlangandi. Hujum vaqtida binoda 30dan ortiq kishi bor edi. Qurbonlar orasida pastorning 14 yoshli qizi va homilador ayol hamda uning ikki yosh farzandi ham bo‘lgan, halok bo‘lganlarning yoshi 5dan 72 yoshgacha edi. Sazerlend-Springsdagi ommaviy qotillik AQSh tarixida cherkovda sodir etilgan eng yirik qotillikka aylandi.
Ayni vaqtda Osiyo turnesida bo‘lgan AQSh prezidenti Donald Tramp bu hodisani yovuzlik akti deb atadi.
Mamlakatning sobiq prezidenti Barak Obama esa bu hodisadan keyin AQShda qurol ko‘tarib yurish erkinligini cheklashga chaqirdi.
«U jamiyatga begona edi». Texaslik qotilni sobiq sinfdoshlari eslashdi
Mavzuga oid
08:48 / 02.03.2026
AQShda Eron bayrog‘i tushirilgan futbolkadagi shaxs otishma uyushtirdi
18:51 / 13.02.2026
Texas osmonidagi mojaro: Meksika kartellarining dronimi yoki Pentagonning yangi quroli?
20:05 / 12.02.2026
Kanadada mamlakat tarixidagi eng ommaviy qotilliklardan biri sodir etildi
14:00 / 08.07.2025