Yevropa NATOga muqobil tashkilot tayyorlamoqda
Yevropa Ittifoqining yarmidan ko‘proq davlati yaqin kunlarda Yevropa mudofaa pakti – Yevropada muntazam tizimlashgan hamkorlik haqidagi kelishuvni (PESCO) imzolamoqchi ekanliklarini ma'lum qiladilar. Bu haqda Financial Times nashri xabar bermoqda. Ushbu loyihaga Fransiya va Germaniya qurolli kuchlarni samaraliroq safarbar etish uchun tashabbus bildirgan, biroq u NATO doirasidagi majburiyatlardan voz kechishni nazarda tutmaydi.
Ta'kidlanishicha, PESCO’ga kirmoqchi bo‘lgan davlatlarning bu rejasi 13 noyabrda Yevropa Ittifoqiga a'zo davlatlar tashqi ishlar vazirlarining uchrashuvida rasman e'lon qilinadi.
PESCO tarafdorlarining aytishicha, u NATOning muqobilidan ko‘ra, uni to‘ldiruvchi tashkilot bo‘ladi, chunki aynan NATO Yevropaning xavfsizligi uchun javob beruvchi asosiy tashkilot bo‘lishda davom etadi. PESCO’ga qarshi chiquvchilar esa yangi paktning istiqbollari borasida Parij va Berlin o‘rtasida ochiq tavofutlar borligiga ishora qilishmoqda. Carnegie Europe’ning rahbari Tomash Valashekning aytishicha, hozirgi PESCO barchasining boshlanishiga sabab bo‘lgan Parij g‘oyasidan ancha yiroq. “Fransiya o‘z qurolli kuchlari atrofida birlashadigan kichik, biroq yuqori samarador guruhni istagan. Bu guruhdan maqsad Yevropa Ittifoqi ruxsati bilan xorijda birgalikdagi operatsiyalarni amalga oshirish bo‘lgan. Germaniya bosimi ostida esa PESCO kengayib ketdi”, deb aytgan Valashek.
Shu bilan birga Valashekning ta'kidlashicha, ushbu holatda ham tashkilot, hamkorlik birgalikda qurol ishlab chiqarishga taalluqli bo‘lsa ham, Yevropa Ittifoqi uchun juda muhim bo‘ladi.
Mavzuga oid
18:56
YeI Xitoy kompaniyalaridan ishlab chiqarishlarini Yevropaga joylashtirishni talab qiladi
10:05 / 17.11.2024
Trampning qaytishi: Ukraina masalasida AQSh va Yevropaning pozitsiyasi bo‘linadimi?
20:43 / 12.11.2024
NATO bosh kotibi Ukrainadagi mojaro «trayektoriyasini» o‘zgartirishga chaqirdi
16:07 / 12.11.2024