Jahon | 10:50 / 08.11.2017
14844
2 daqiqa o‘qiladi

Tramp Kim Chen Inga murojaatida KXDRni jahannamga qiyosladi

Foto:epa/vostock-photo

AQSh prezidenti Donald Tramp Shimoliy Koreyani yerdagi jahannamga qiyosladi.

Janubiy Koreya parlamentidagi chiqishi davomida Tramp KXDR rahbari Kim Chen Inga murojaat qildi: «Ishlab chiqarayotgan qurollaring seni xavfdan xoli qilib qo‘ya olmaydi, bu qurollar sening rejimingni katta xavf ostida qoldiradi. Bu zulmatli yo‘ldagi har bir qadaming sen to‘qnashadigan muammolarni yiriklashtiradi».

«Shimoliy Koreya - bobong tasavvur qilgan va senga qoldirgan jannat emas. Bu hech qaysi odam munosib bo‘lmagan jahannamdir», - degan u.

«Sen (KXDR rahbari - tahr) shu vaqtgacha qilgan ishlarga qaramasdan, AQSh «yaxshi kelajak» uchun yo‘l taklif etadi», deya qayd etgan Tramp.

«Bunday kelajak sening rejiming agressiyasini tugashidan, ballistik raketalar ishlanmalari to‘la to‘xtatilishidan, hudud yadrodan butkul xoli qilinishidan boshlanadi», - deya qayd etgan amerikaliklar prezidenti.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid