Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘izistonliklar Afrikada quduqlar ochilishi uchun xayriya qilishdi
Qirg‘izistonliklar Afrikada 35ta quduq ochish uchun xayriya qilishdi.
Markaziy Afrika hududidagi Niger davlatining bir qancha shahar va qishloqlarida endi "Qirg‘izistondan assalomu alaykum!", "O‘sh-Qirg‘iziston", "Aravon-Qirg‘iziston" yozuvli toza ichimlik suvi quduqlari aholiga beminnat xizmat qilmoqda.
Ma'lumot uchun, Nigerda 20 million aholi yashaydi, ularning 80 foizi kambag‘allikda hayot kechiradi. Nigerda "Rahma" fondi ko‘magida 1879 ta quduq - sadaqai joriya barpo etilgan.
Bloger Davron Tojialiyev Facebook sahifasida yozishicha, bu yerda bitta quduq uchun 1000 AQSh dollari atrofida mablag‘ ketadi.

Bundan avvalroq Amerikada yashayotgan o‘zbeklar ham Afrika davlatlarida bir qancha quduq barpo etishgani haqida xabarlar berilgandi.
Mavzuga oid
23:35 / 17.06.2026
“Qora qit’a”ni qutqarmoqchi bo‘lgan Rayan - afrikaliklar uchun quduq qazib bergan 6 yoshli bola
08:35 / 12.06.2026
Transakva: Afrika xaritasini o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan megaloyiha
08:43 / 11.06.2026
Jahon neft savdosi markazi Osiyoga ko‘chmoqda
08:17 / 25.05.2026