Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya va AQSh munosabatlari hali ham inqiroz holatidan chiqmadi - Putin
Rossiya yetakchisi Vladimir Putin AQSh prezidenti Donald Tramp bilan OTIH sammiti vaqtida alohida uchrashuvning tashkillashtirilmagani ikki tomonlama munosabatlardagi inqirozdan darak berishini bildirdi.
«Bu shundan dalolat beradiki, Rossiya hamda AQSh o‘rtasidagi munosabatlar hali ham inqiroz holatidan chiqmadi», - deya ta'kidlab o‘tdi RF prezidenti.
Uning qayd etishicha, Rossiya tomoni «bu sahifani almashtirib, oldinga qarab harakatlanishga» tayyor.
«Kelajakka qarash, ham AQSh xalqi, ham Rossiya xalqi manfaatdor bo‘lgan muammolarni hal qilish, bizning iqtisodiy aloqalarimizni yanada aniq mazmun bilan to‘ldirish haqida o‘ylash kerak», - deya xulosa qildi u.
Avvalroq Putin va Tramp Suriya bo‘yicha chaqiriq bilan chiqqani haqida xabar berilgandi.
Mavzuga oid
08:29 / 18.06.2026
Putinga yaqin deb hisoblangan biznesmen qamoqqa olindi
10:45 / 16.06.2026
Zelenskiy Putinga G7 sammitida uchrashuv o‘tkazishni taklif qildi
08:59 / 15.06.2026
Zelenskiy G7 sammitida Tramp bilan uchrashishini ma’lum qildi
10:02 / 13.06.2026