«Prezidentlar Suriyada insonlarning azob chekishlarini kamaytirish lozimligini muhokama qilishdi hamda BMTga a'zo bo‘lgan barcha davlatlarni yaqin bir necha oy ichida insonparvarlik ehtiyojlarini qanoatlantirish uchun o‘z hissalarini oshirishga chaqirishdi», - deyiladi qo‘shma bayonot matnida.

Avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin va AQSh rahbari Donald Tramp OTIH (Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorligi) sammiti vaqtida yuzlashgani xabar berilgandi.