Jahon | 10:43 / 11.11.2017
7786
3 daqiqa o‘qiladi

O‘zi boshqariluvchi avtomobillarni sinash uchun Janubiy Koreya butun bir shahar quradi

Janubiy Koreyada yuzasi 323 ming 749 kvadrat metr bo‘lgan, o‘zi boshqariluvchi avtomobillarni sinov poligonining dastlabki seksiyasi ishga tushirildi. «K-City» deb nom olgan maydoncha Janubiy Koreya poytaxti Seuldan 32 km narida joylashgan, deb yozadi Hi-news.ru.

Mahalliy «Korea Herald» nashrining xabarlariga ko‘ra, Janubiy Koreyaning haqiqiy yo‘llari va ko‘chalarini simulyatsiya qilish uchun obektda markaziy shahar ko‘chalari va tang ko‘chalari, shahar infratuzilmasi va ko‘plab uylar barpo etiladi. Loyiha qismlarga bo‘linib, bosqichma-bosqich qilib qurilmoqda, ayni paytda 4 polosali yo‘ldan iborat uning dastlabki seksiyasi foydalanishga topshirilgan. Sinov poligonini to‘liq bitkazish va ekspluatatsiyaga topshirish 2018 yilning oxiriga mo‘ljallangan. Bu yerda Samsung, SK Telecom, Hyundai va Kia Motors kabi kompaniyalar o‘z pilotsiz boshqariluvchi avtomobillarini sinovdan o‘tkazishi mumkin.

Janubiy Koreya o‘zit boshqariluvchi avtomobillar borasida o‘ta ambitsiyali rejalarga ega. Sinov poligonining qurilishi esa kelgusi uch yilda uchinchi anonimlik darajasidagi transport vositalarining tijoriy ishlab chiqarishga sharoit yaratish bo‘yicha hukumat yo‘lining tezligi va samaradorligini oshirishga qaratilgan.

Bunday istakdagi mamlakatlar ichra Janubiy Koreya yolg‘iz emas. Masalan, AQShda ham yirik sinov poligoni mavjud. Pilotsiz boshqariluvchi avtomobillar texnologiyasi bilan shug‘ullanuvchi Waymo kompaniyasi Kaliforniya cho‘llarida 404 668 kvadrat metrli maydonga ega «Castle» poligonini qurgan. Bundanda yiriroq sinov poligonini barpo etish ustida Michigan universiteti ish olib bormoqda. U General Motors zavodiga tegishli bo‘lgan sobiq aviasozlik zavodi hududida barpo etiladi. Bu poligon kelgusi oyda ochiladi va 1,4 kvadrat kilometr yuzaga ega bo‘ladi.

Bu sinov maydonchlarining barchasi o‘zi boshqariluvchi avtomobillarni jamoatchilik foydalanuvchi yo‘llarda ishlatishga tayyorlash uchun muhim rol o‘ynaydi. Bunday sinvolar chog‘ida yig‘iladigan ma'lumotlar ishlab chiquvchilarga texnika vositasi shahar ko‘chalariga chiqarilishidan avval barcha zarur xavfsizlik darajasiga javob berishi borasida ishonch hosil qilishida ko‘maklashadi. 
 

Шуҳрат Шокиржонов
Tayyorlagan Шуҳрат Шокиржонов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid