Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya bosh vaziri S-400 majmualari noilojlikdan sotib olinayotganini ma'lum qildi
Turkiya bosh vaziri Binali Yildirim AQShga safari vaqtida Anqaraning Rossiyadan S-400 zenit-raketa tizimlarini sotib olishi sababini tushuntirdi. Yildirimning aytishicha, ushbu bitim noilojlikdan tuzilgan.
“Biz S-400 tizimlarini afzal ko‘rganimiz uchun emas, zarurat sababli xarid qilmoqdamiz”, deb aytgan Yildirim va Anqara dastlab havo hujumiga qarshi mudofaa tizimlarini NATO davlatlaridan sotib olmoqchiligi bo‘lganini, biroq “bu borada AQSh tomondan qo‘llab-quvvatlov olmaganini” qo‘shimcha qildi. Yildirimning aytishicha, shunga qaramay Turkiya NATO qurollaridan voz kechishni istamaydi.
Yildirimning ta'kidlashicha, Anqaraga zamonaviy mudofaa tizimlari zarur. “Rossiya bilan hamkorlik qilishimiz zamonaviy havo hujumiga qarshi boshqa mudofaa tizimlari yo‘qligi sababli kerakdir”, deb aytgan Yildirim Bloomberg’ga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, sentabrda Moskva va Anqara S-400 majmualari yetkazib berilishiga shartnoma imzolagan. “Rostex” davlat korporatsiyasining bosh direktori Sergey Chemezov ta'kidlaganidek, ushbu shartnoma qiymati 2 mlrd dollardan ko‘proqni tashkil qiladi.
Mavzuga oid
10:52 / 15.07.2026
Turkiyadagi davlat to‘ntarishiga urinishga 10 yil: mamlakatni o‘zgartirgan tun
20:25 / 14.07.2026
Turkiyada Netanyahuni hibsga olish uchun xalqaro order berildi
11:46 / 10.07.2026
Turkiya omili: NATOda zarur, YeIda ortiqchami?
18:32 / 09.07.2026