Byudjyetni rejalaştiriş — moliyaviy muvaffaqiyat garovi, biroq bu zerikarli va uzoq vaqt talab qiladigan iş, boz ustiga, bu bizga pullarimiz tugab borayotganini yodga solib turadi. Xarajatlarni rejalaştirişning boşqa varianti ham bor. Forbes jurnali byudjyetni rejalaştiriş markazi Quad Cities idorasining katta moliyaviy rejalaştiruvçisi Endryu Sivertsenning bu boradagi tavsiyalari bilan bölişdi.
Ba'zan hatto bir oylik byudjyetni rejalaştiriş — bu ma'lum bir vaqt bizga zavq bağişlagan, biroq amalda daromadlarimizga töğri kelmaydigan xarajatlar uçun jazo. Biroq moliyaviy vositalarimizni nazorat qilişning nisbatan bezarar boşqa bir usuli mavjud. U moliyaviy maslahatçi Marti Kyorts tomonidan işlab çiqilgan. Kyorts odamlar pullarni odatda uç toifaga bölişini kuzatdi: eski majburiyatlar, kundalik xarajatlar va kelgusidagi ehtiyojlar. Daromadlarni uşbu toifalar böyiça taqsimlaşni örganib, hayotni biroz yengillaştiriş mumkin.
Tölovlarni amalga oşirişga sarflanuvçi va özingizga sarflaşingiz mumkin bölgan pullarni ajrating. Bu "körpaga qarab oyoq uzatiş" imkonini beradi.

Qayd etilgan xarajatlar
Dastavval bunday xarajatlar sizning yillik daromadingizning yarmidan köpini taşkil qilişiga işonç hosil qiling. Şu summadan kelib çiqib, qanday uy yoki maşina sotib olişni, qanday xizmatlar muhimroq ekani borasida bir qarorga keliş mumkin. Qolgan ikki toifaga qança pul qolişi şunga boğliq.
Moslaşuvçan xarajatlar
Bu kundalik xarajatlar: oziq-ovqat mahsulotlari, benzin, öyin-kulgi, şaxsiy buyumlar va h.k. Bu toifaga daromadlaringizning taxminan 30 foizi ajratilişi kerak. Bir yilda qança pul sarflaşingizni hisoblab, uni 52 (bir yildagi haftalar soni)ga böling. Şunda bir hafta uçun zarur summa kelib çiqadi.













