«Dunyo» xabariga köra, ötgan davrda Özbekistonda ijtimoiy sohada samarali taşkiliy-huquqiy baza yaratilib, aholini manzilli qöllab-quvvatlaşga köproq e’tibor qaratildi. Bu boradagi amaldagi qonunçilik 1,6 mingdan ortiq normativ-huquqiy hujjatlardan iborat.
Materialda ta’kidlanganidek, odil ijtimoiy siyosatni amalga oşiriş va inson kapitalini rivojlantiriş böyiça tizimli çora-tadbirlarni nazarda tutuvçi 2022-2026 yillarga möljallangan Yangi Özbekistonning taraqqiyot strategiyasi qabul qilinişi özgarişlar mantiqiy davomi böldi.
Körilgan çora-tadbirlar natijasida birgina sönggi uç yilda nafaqa oluvçi kam ta’minlangan oilalar soni 4 barobarga oşib, 1,9 million nafarga yetdi. Kam ta’minlangan oilalar farzandlariga bola parvarişi böyiça nafaqalar qamrovi kengaytirildi. Nafaqa tayinlaşda hisobga olinadigan bolalarning yoşi 14 yoşdan 18 yoşgaça oşirildi. Uning hajmi örtaça 1,5 barobarga oşdi, tölov muddati esa 6 oydan 12 oyga uzaytirildi. Eng kam işsizlik nafaqasi 3,2 baravar oşirildi.
«Özbekiston 2030» strategiyasi asosiy ustuvor yönalişlar, jumladan, fuqarolarning yuqori turmuş sifatini ta’minlaş va jamiyat barqaror rivojlanişini ta’minlaşni nazarda tutuvçi yana bir muhim hujjatdir. Strategiya BMTning 2030 yilgaça Barqaror rivojlaniş kun tartibiga mos keladi hamda Özbekiston barqaror rivojlaniş böyiça milliy maqsad va vazifalarini qamrab oladi», — deb yozgan «Infozakon».

















