Jamiyat | 09:30 / 14.11.2017
8176
2 daqiqa o‘qiladi

Oktyabr oyida O‘zbekiston chegaralarida 127 qoidabuzar ushlandi

Davlat chegaralarini qo‘riqlash bo‘yicha Qo‘mita vakilining ta'kidlashicha, joriy yilning oktabr oyida chegarachilar 127 qoidabuzarni qo‘lga olishdi, jumladan, Qirg‘iziston bilan chegarada – 64, Qozog‘iston – 45, Tojikiston – 16 hamda Turkmaniston – 2. Afg‘oniston bilan chegarada qoidabuzarliklar qayd qilinmadi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston chegarasi orqali 1,8 milliard so‘mdan ortiq tovar-moddiy boyliklarni noqonuniy olib o‘tish bo‘yicha harakatlarga chek qo‘yildi. Tovarlar orasida, asosan, uyali telefonlar, maishiy texnika va turli kontrafakt mahsulotlar bor. Ta'kidlab o‘tish joizki, ushlangan tovarlarning asosiy qismi Qirg‘iziston hamda Tojikiston bilan chegara hissasiga to‘g‘ri keladi.

"Misol uchun, 13 oktabr kuni Qirg‘iziston bilan chegarada chegarachilar tomonidan respublikaga miqdori 36 million so‘mdan oshiqroq bo‘lgan televizorlarni noqonuniy olib kirish holatiga chek qo‘yildi. Ko‘rsatilgan yuk Farg‘ona tumanining Maydon aholi punkti hududida qo‘lga olindi. 17 oktabrda Toshkent viloyati Bekobod shahri "Tsementchi" mahallasi hududida Tojikistondan olib kirilayotgan uyali telefonlarning yirik partiyasi qo‘lga tushdi. Bu partiyaning umumiy qiymati 878 million so‘mga baholandi", - deya ta'kidlab o‘tdi MXX DChQQ vakili.

Shuningdek, 29 oktabr kuni Qirg‘iziston bilan chegarada, Farg‘ona viloyatining Quvasoy shahri Valik aholi punktida uch qirg‘izistonlik fuqaro ushlandi, ular O‘zbekistonga 58 million so‘mdan ortiqroq kontrafakt mahsulotni olib kirishga urinishgan.

Barcha qo‘lga olingan tovarlar, suhbatdoshning so‘zlariga ko‘ra, davlat daromadiga o‘tkazildi, qo‘lga olingan shaxslarga nisbatan esa O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq tegishli choralar ko‘rildi.

 

Mavzuga oid