Qrim: «Olibsotarlik bilan shug‘ullanishni yig‘ishtiring»
Qrim parlamenti vitse-spikeri Yefim Fiksning ma'lum qilishicha, BMTning Qrimda inson huquqlari buzilishi bo‘yicha rezolyutsiyasi loyihasi masala mohiyatiga javob bermaydi. U Kiyevga «bema'ni ishlar bilan shug‘ullanishni» bas qilishni maslahat berdi, deb xabar qilmoqda RIA «Novosti».
«Biz bunga xotirjam munosabatda bo‘lmoqdamiz. Bu masalaning mohiyatiga yetmay, tushunmay, o‘rganmay, ro‘y berayotgan jarayonlarni o‘ylamay qandaydir qarorlar qabul qilinishiga doir butunboshli tizimga aylandi. Ba'zi davlatlarning o‘zlari tushunmaydigan va bilmaydigan masala bo‘yicha ovoz berishlariga doir pozitsiyalari hayratlanarli», - deya aytib o‘tdi Fiks.
Uning ta'kidlashicha, Qrimda inson huquqlariga rioya etish jarayoniga juda qattiq qarashadi, yarim orolga tashrif buyurgan ko‘p sonli xorijiy delegatsiyalar esa mintaqa dinamik rivojlanib borayotgani hamda Qrimda yashovchi barcha xalqlar bir-biriga yaxshi munosabatda bo‘lishiga ishonch hosil qilishgan.
«Ukraina bema'ni narsalar bilan shug‘ullanishni, xalqaro arenada Qrim masalasi bo‘yicha hadeb «olibsotarlik» qilishni to‘xtatishi lozim. Biroq bunga xotirjam munosabatda bo‘lish kerak, aytishadi-ku: «It huradi, karvon ketaveradi». Shu bilan birga, u juda ishonchli ketmoqda, sababi Rossiya Qrimida yashash uchun yaxshi sharoitlar yaratilmoqda», - deya aytib o‘tdi u.
Avvalroq BMT Bosh Assambleyasi qo‘mitasida Qrim bo‘yicha rezolyutsiyaga ovoz berilgani, O‘zbekiston qarshi chiqqani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
00:11
Zelenskiy: Trampning jamoasi bilan urush tezroq tugaydi
22:30 / 15.11.2024
Tramp jamoasi bilan Ukrainadagi urush tezroq tugaydi - Zelenskiy
19:41 / 15.11.2024
Rossiya kolonnasi Kupyanskka yorib kirgan, ammo Ukraina uni yakson qilganini aytmoqda. Nimalar ma’lum?
10:11 / 15.11.2024