Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pentagon IShID yetakchisi al-Bag‘dodiy qayerdaligini bilmacligini ma'lum qildi
Foto: Reuters
Pentagon IShID yetakchisi Abu Bakr al-Bag‘dodiy qayerda yashirinayotgani haqidagi ma'lumotga hanuzgacha ega emas. Bu haqda jurnalistlar uchun brifingda AQShning quruqlikdagi qo‘shinlari polkovnigi, AQSh boshchiligidagi koalitsiya tomonidan Iroq va Suriyada olib borilayotgan “Tebranmas qat'iyat” operatsiyasi shtabi vakili Rayan Dillon ma'lum qildi. Brifing Bag‘doddan olib borilgan va Pentagon tomonidan translyatsiya qilingan.
“Biz al-Bag‘dodiy qayerdaligini bilmaymiz. Biz uni qidirmoqdamiz”, deb aytgan Dillon. Uning aytishicha, amerikalik professionallar IShID yetakchilarini, jumladan, al-Bag‘dodiyni qidirish bilan shug‘ullanmoqda. “Joriy yilda biz al-Bag‘dodiyning yordamchilari va IShIDning dala qo‘mondonlaridan 117 nafarini aniqlab, yo‘q qildik”, deb aytgan Dillon va kuni-kecha bu ro‘yxat yana 3 kishiga ko‘payganini qo‘shimcha qilgan.
Polkovnik amerikalik harbiylar Iroq va Suriyada IShIDdan kimnidir ushlab so‘roq qilishgani haqidagi savolga rad javobini berdi. “Bilishimcha, bizda birorta jangari asirda yo‘q”, deb aytgan Dillon va AQShning “Suriya demokratik kuchlari”dan ittifoqdoshlari va Iroq hukumat qo‘shinlari qandaydir miqdorda jangarilarni asirga olganlarini, biroq ularning aniq sonini ayta olmasligini ta'kidlab o‘tgan.
Pentagon o‘z saytida ko‘rsatishicha, AQSh 2014 yil 8 avgustidan boshlangan “Tebranmas qat'iyat” operatsiyasini amalga oshirish uchun joriy iyun oxiriga qadar 14,3 mlrd dollar sarflagan.
Mavzuga oid
17:22 / 03.04.2026
Pit Hegset uch nafar yuqori martabali generalni iste’foga chiqardi
14:08 / 29.03.2026
The Washington Post: Pentagon Eronda quruqlik amaliyoti o‘tkazishga tayyorlanmoqda
19:47 / 18.03.2026
Pentagon Ukrainaga harbiy yordamni muvofiqlashtirgan generalga qarshi tergov yuzasidan hisobot berdi
16:27 / 02.03.2026