Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada qancha o‘zbekistonlik patent bilan ishlashi ma'lum qilindi
Rossiyada 2017 yil 1 oktabr holatiga ko‘ra, mehnat patenti bilan 925 ming o‘zbekistonlik ishlamoqda. Bu haqda Rossiya ichki ishlar vazirligiga iqtibos keltirgan holda “Jahon” axborot agentligi xabar berdi.
Bundan tashqari, 21 mingdan ko‘proq o‘zbekistonlik yoshlar Rossiya oliy ta'lim muassasalarida tahsil olmoqdalar. O‘tgan haftada O‘zbekiston va Rossiya yoshlar ittifoqlari qo‘shma loyihalarni amalga oshirish haqidagi memorandumni imzolashgandi. Tomonlar O‘zbekistonda II O‘zbekiston-Rossiya yoshlar forumini o‘tkazishmoqchi va O‘zbekiston-Rossiya yoshlar biznes-inkubatorini ochishmoqchi.
Oktyabrda Moskva dumasida birinchi o‘qishda muhojirlar uchun mehnat patentining narxini 7 foizga – 4,5 ming rublgacha oshirish loyihasi ma'qullangandi. Hozirda mehnat patenti narxi 4,2 ming rubl turadi. Yangi narxlar 2018 yildan joriy qilinadi.
Mavzuga oid
23:05 / 25.06.2026
Zelenskiy Rossiyaga nisbatan «40 kunlik ta’sir operatsiyasi»ni tasdiqlaganini aytdi
09:55 / 24.06.2026
Putin: Yonilg‘i tanqisligi Ukrainadagi urushga ta’sir qilmaydi
08:45 / 24.06.2026
Sanksiyalar yumshatilishi Rossiya neft eksportiga turtki berdi
21:15 / 23.06.2026