Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Trampni yadro zarbasi berishda hech kim to‘xtata olmaydi» - Pentagon sobiq rahbari sirni ochdi
AQSh sobiq mudofaa vaziri Uilyam Perrining Politico nashriga bergan intervyusida ma'lum qilishicha, Pentagonning hozirgi rahbari Jyeyms Mettis Donald Tramp yadro zarbasi berishni xohlab qolsa, bunda uni to‘xtatib qola olmaydi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, mudofaa vazirida yadro zarbasi berishga veto qo‘yish huquqi yo‘q, bunday qarorni faqat prezident qabul qiladi.
«Prezident strategik qo‘mondonlik bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri buyruq beradi hamda bunda mudofaa vazirini xabardor etish shart emas. Yadro zarbasi berish haqidagi qaror qabul qilinadigan besh, olti yoki yetti daqiqa ichida mudofaa vaziri nimalar ro‘y berayotganini hattoki bilmaydi ham. U faqat kech bo‘lganidan so‘ng voqeadan xabar topadi», - deya aytib o‘tdi Perri.
Pentagon sobiq rahbarining qo‘shimcha qilishicha, mudofaa vaziri bu masalada faqat maslahat berishi mumkin.
Shuningdek, Perrining ta'kidlashicha, so‘nggi bir yil ichida yadro urushining kelib chiqish xavfi ortgan.
«Bu Tramp prezident bo‘lgani sabab ham qisman ro‘y berdi», - deya xulosa qildi u.
Mavzuga oid
06:40 / 15.06.2026
Pentagon NUJlar haqidagi 72 ta yangi hujjatni e’lon qildi
11:58 / 25.05.2026
Pentagon NUJlarga oid hujjatlarning navbatdagi qismini e’lon qildi
21:13 / 12.05.2026
Pentagon AQSh va Eron o‘rtasidagi urushning narxini ochiqladi
21:36 / 08.05.2026