Jamiyat | 20:55 / 15.11.2017
6210
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda tog‘-kon tarmog‘ining bosh ko‘rgazmasi boshlandi

Foto: MiningWorld Uzbekistan 2017

15 noyabr kuni Toshkentda "Tog‘-kon uskunalari, ruda va minerallarni qazib olish va boyitish – “MiningWorld Uzbekistan 2017” 12- Xalqaro ko‘rgazmasi o‘z ishini boshladi. Bu haqda tashkilotchilardan biri Kun.uz’ga xabar bergan.

MiningWorld Uzbekistan tog‘-kon, geologiya, geologorazvedka texnikasi va uskunalarining minglab xalqaro va mahalliy xaridorlari va yetkazib beruvchilari o‘rtasida ochiq muloqot, yangi amaliy aloqalar o‘rnatish uchun platforma hisoblanadi. 

Bu yil ekspozitsiyada Avstraliya, Belgiya, Germaniya, Daniya, Ispaniya, Qozog‘iston, Xitoy, Latviya, Birlashgan Arab Amirliklari, Polsha, Rossiya, O‘zbekiston, Ukraina, Shveytsariya va Janubiy Koreya kabi 15 mamlakatning 42ta kompaniyasi taqdimot o‘tkazishi rejalashtirilgan.

Foto: MiningWorld Uzbekistan 2017
Foto: MiningWorld Uzbekistan 2017

17 noyabrga qadar davom etishi belgilangan ko‘rgazmaning birinchi kunida maydalash va yanchish uskunalari, foydali qazilma boyliklarini boyitish, sochiluvchan materiallarni tashish, hamda konlar va ruda konlarini avtomatlashtirish tarmoqlari tashrif buyuruvchilar bilan gavjum bo‘ldi. 

Foto: MiningWorld Uzbekistan 2017

Kun davomida FLSmidth (Daniya), Vist Aziya (Qozog‘iston), Thoroughtec Simulation (Rossiya) kabi kompaniyalar va boshqalar tog‘-kon sanoati sohasidagi eng yangi yechimlar, professional tayyorgarlik uchun raqamli texnologiyalar va usullarni qo‘llash, tog‘-kon uskunalarini ishlatish bo‘yicha mutaxassislarni attestatsiyadan o‘tkazish haqida so‘zlab berdi.

Mavzuga oid