Jamiyat | 08:50 / 16.11.2017
9937
2 daqiqa o‘qiladi

Chilonzordan olib qochilgan “Neksiya” Sirdaryoda ushlandi

2017 yil 14 noyabr kuni soat 07:20 larda, 1998 yilda tug‘ilgan R.X. Chilonzor tumani hududida joylashgan uyning yonida, fuqaro A.R. o‘ziga tegishli bo‘lgan “Neksiya” rusumli avtomashinasini qarovsiz qoldirilganligi, shuningdek uning eshiklari qulflanmaganligi va o‘t oldirilgan holatda turganligidan foydalanib, mazkur avtomashinani olib qochgan. Bu haqda poytaxt IIBB xabar bermoqda.

Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, R.X. Sirdaryo viloyati hududida aniqlanib ushlangan. Shuningdek undan A.R.ga tegishli bo‘lgan “Neksiya” rusumli avtotransport vositasi rasmiylashtirib olingan. 

Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda. 

 

Mavzuga oid