Toshkentda 22 nafar o‘quvchidan o‘tkir tig‘li qurol topilgan
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida mahalla fuqarolar yig‘ini masalasi alohida tilga olindi. Bu haqda KUN.UZ muxbiri xabar berdi.
Muxbirning ta'kidlashicha, davlat rahbari asosan mahalla va bu yerda ish olib boradigan profilaktika inspektorlari ishi haqida to‘xtalib o‘tib, ularga tegishli topshiriqlar bergan.
Bundan tashqari, muxbirning aytishicha, davlat rahbari imom xatiblarga yuzlanib, juma ma'ruzalarida jinoyatchilikning turli ko‘rinishlari bo‘yicha ma'ruzalarni ko‘paytirish haqida gapirgan.
Shuningdek, prezident yoshlar o‘rtasida, ayniqsa, kollejlar va maktab o‘quvchilari o‘rtasida sodir etilayotgan jinoyatlarga alohida to‘xtalib o‘tdi. Qayd etilishicha, Toshkent shahrida o‘tkazilgan reydlar davomida 22 nafar o‘quvchidan o‘tkir tig‘li qurol topilgan.
Mavzuga oid
20:48 / 09.10.2024
Buxoroning yangi aeroporti soatiga 8 ta samolyotga xizmat ko‘rsatadi
21:49 / 08.10.2024
Mirziyoyev MDH sammitida ko‘ptomonlama hamkorlik barcha yo‘nalishlarda rivojlanganini yuqori baholadi
19:31 / 06.10.2024
Shavkat Mirziyoyev Rossiyaga boradi
16:30 / 01.10.2024