Jahon | 01:54 / 16.11.2017
8659
1 daqiqa o‘qiladi

Janubiy Koreyadagi zilzilada 50 dan ko‘proq odam jabr ko‘rdi   

Foto: Reuters

15 noyabrda Janubiy Koreyaning sharqidagi Kyonsan-Pukto viloyatida joylashgan Pxoxan shahri yaqinida yuz bergan zilzila oqibatida 50 dan ko‘proq odam jabrlandi. Bu haqda “Ryonxap” axborot agentligi xabar bermoqda.  

Zilzila kuchi 5,4 magnitudani tashkil qilgan. Ta'kidlanishicha, Pxoxanda 30 ga yaqin bino qisman shikastlangan. 1,3 ming kishi 5 ta vaqtinchalik lagerga joylashtirilgan.

Yer silkinishi mahalliy vaqt bilan soat 14.29da (Toshkent vaqti bilan soat 10.29) qayd qilingan. Zilziladan keyin bir necha aftershoklar kuzatilgan, bu yer silkinishlari kuchi 3,6 balldan oshmagan. Zilzila Janubiy Koreya poytaxti Seulda ham sezilgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid