O‘zbekiston | 21:00 / 18.11.2017
12286
2 daqiqa o‘qiladi

Biznes ombudsman sirdaryolik tadbirkorlar bilan uchrashdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub'yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil — biznes ombudsman 17–18 noyabr kunlari Sirdaryo viloyatining barcha tuman va shaharlaridagi tadbirkorlar bilan uchrashuvlar o‘tkazdi, deb xabar beradi KUN.UZ’ga viloyat adliya boshqarmasi matbuot xizmati.

Uchrashuvlarda viloyat prokurori, adliya boshqarmasi boshlig‘i va boshqa davlat boshqaruvi idoralari rahbar va mutasadi xodimlari ishtirok etdi.

Uchrashuvlar ochiq muloqat tarzida o‘tkazilib, unda ishtirok etuvchi tadbirkorlar o‘z muammolari va faoliyatlarini yanada rivojlantirish uchun zarur yordamlar yuzasidan  Tadbirkorlik sub'yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakilga to‘g‘ridan to‘g‘ri murojaat etish imkoniyati yaratib berildi.

Tadbirlar davomida ishtirokchilarga «O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub'yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil to‘g‘risida» Qonunning mohiyati ham tushuntirib berildi.

Jumladan, Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakil faoliyatining asosiy vazifalari va yo‘nalishlari, vakilning huquqlari va majburiyatlari, vakilning tadbirkorlik sub'yektlarining shikoyatlarini va boshqa murojaatlarini ko‘rib chiqish tartibi yuzasidan batafsil to‘xtalib o‘tildi.

Tadbirkorlik sub'yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil va tadbir ishtirokchilari viloyatdagi bir qancha tadbirkorlik sub'yektlarining ishlab chiqarish obektlarida ham bo‘ldi.

Tadbirkorlardagi mavjud muammolarni joyida hal etish yuzasidan choralar ko‘rildi, ayrim masalalar yuzasidan tegishli davlat organlari rahbarlariga ko‘rsatma va topshiriqlar berib, ularni alohida nazoratga oldi.

Шуҳрат Шокиржонов
Tayyorlagan Шуҳрат Шокиржонов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid