Dushanbe-Toshkent reysiga aviachiptalar narxi yana tushirildi
“O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi 17 noyabrdan Dushanbe-Toshkent va Dushanbe-Toshkent-Dushanbe reyslari uchun chiptalar narxini yana tushirdi.
Milliy aviakompaniyaning Tojikistondagi vakili Orif Ro‘zimurodovning ta'kidlashicha, Dushanbedan Toshkentga chipta narxi barcha yig‘imlar hisobga olingan holda 676,5 somoniyni (65 yevro), Dushanbe-Toshkent-Dushanbe reysi uchun esa 1353 somoniyni (130 yevro) tashkil qilmoqda.
Ikki poytaxt o‘rtasida parvozlar yo‘lga qo‘yilganidan keyin chiptalarning narxi uchinchi marta tushirilmoqda.
Toshkent-Dushanbe-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha ilk muntazam reys joriy yilning 11 aprelida amalga oshirilgan. O‘shanda Toshkentgacha chipta narxi 1230 somoniyni (140 dollar) tashkil qilgan.
Oktyabr o‘rtalarida chipta narxi yana bir marta tushirilgan va bir tomonga hamda bir tomonga va ortga mos ravishda 910 va 1585 somoniyni tashkil qilgan.
Ushbu qaror ko‘proq yo‘lovchilarni jalb qilish maqsadida qabul qilingan.
Eslatib o‘tamiz, “O‘zbekiston havo yo‘llari” Dushanbega haftaning seshanba kunlari reys amalga oshiradi. Reyslar A320 samolyotlarida bajariladi.
Toshkent aeroportidan boshqa davlatlarga uchmoqchi bo‘lgan tojikistonlik yo‘lovchilar aeroport tranzit hududida vizasiz 48 soat qolishlari mumkin.
Mavzuga oid
11:34
Toshkentda o‘quvchilar orasida sintetik narkotik iste’mol qilish ko‘payayotgani aytildi
20:02 / 18.11.2024
Angliyaga pul evaziga ishga yuborishni va’da qilgan shaxs ushlandi
17:10 / 18.11.2024
Toshkentda Askiya bozori joylashgan yer investorga beriladi
09:10 / 15.11.2024