17:40 / 19.11.2017
4964

2018 yilgi Olimpiya o‘yinlarida ilk bor Nigeriya  vakillari qatnashishi kutilmoqda

Foto: RBC

2018 yilgi Olimpiadaning bobsley trassasida O‘yinlarning eng diqqatga sazovor hodisasi ro‘y beradi: unda Nigeriya jamoasi ishtirok etishi kerak. Bugunga qadar biror afrikalik bobsley bo‘yicha Olimpiya o‘yinlarida va biror nigeriyalik qishki olimpiadalarda umuman qatnashmagan. "Meduza" 2018 yilgi Olimpiya o‘yinlarining eng yangi jamoasi haqidagi ma'lumotlari bilan bo‘lishdi.

Bobsley jamoalari Olimpiadada ishtirok etish uchun kamida besh malakali turnirda qatnashishi va 2018 yilning yanvariga borib jahon reytingining top-40 ro‘yxatida bo‘lishi kerak. Noyabr o‘rtalarida Nigeriya jamoasi beshinchi turnirda ishtirok etdi va hozir u 42-o‘rinda ketmoqda. Shunday ekan, ko‘pchilik ularning 2018 yilgi O‘yinlardagi ishtiroki hal ekanini aytmoqda. 

Nigeriya jamoasidan uch sportchi ayol o‘rin olgan: Seun Adigun, Ngozi Anvumere va Akuoma Omeoga. Ulardan eng mashhuri AQShda nigeriyaliklar oilasida dunyoga kelgan Adigundir. U 2012 yilda Olimpiadada qatnashgan, lekin yozgi O‘yinlarda: o‘shanda u 100 metrga to‘siqlar orqali yugurish bo‘yicha Nigeriya jamoasi sharafini himoya qilgandi. 

2014 yildan Adigun o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, bobsleychilikka o‘tdi. Uning jamoasi Nigeriyada deyarli bo‘lmaydi, ammo 2017 yilning aprelida jamoa o‘zi vakillik qiluvchi mamlakatga bordi: ular bu bilan o‘z niyatlarining naqadar jiddiy ekanligini namoyish etishdi. Adigunning so‘zlariga ko‘ra, ular Olimpiadada shunchaki qatnashibgina qolmay, medallar uchun kurash olib borishmoqchi. "Biz qit'a uchun, mamlakat uchun shu ishni qilmoqchimiz", - deydi Adigun.

Sportchining hisob-kitoblariga ko‘ra, barcha zarur musobaqalarga ariza topshirish va ulardan munosib o‘tish jamoaga 150 ming dollarga tushadi. Pullar to‘planmoqda: 2016 yilda Adigun GoFundMe karudfanding saytida o‘z kampaniyasini ishga tushirib, 75 ming dollar jalb qilishga muvaffaq bo‘ldi.

OAVda Nigeriya jamoasini Yamayka terma jamoasiga taqqoslashmoqda. 1988 yilda bu mamlakatning erkaklar terma jamoasi Kalgaridagi Olimpiadaning bobsley musobaqalarida qatnashgan, ammo muvaffaqiyatsiz. 

Mavzuga oid
Top