Jahon | 23:34 / 19.11.2017
15990
4 daqiqa o‘qiladi

Xavf ostidagi Afrika diktatorlari: Kimlar Mugabening taqdirini takrorlashi mumkin?

Zimbabveni deyarli 40 yil davomida boshqargan Robert Mugabe prezidentlik lavozimini tark etayotgan bo‘lsa-da, Afrika mamlakatlarida uzoq yillar davlat boshqaruvini qo‘ldan boy bermay kelayotgan rahbarlar talaygina. Ularning har biri o‘z siyosiy tarix va tajribasiga ega. Ularni birlashtiruvchi yagona jihat - hukumat boshqaruvini qo‘ldan bermaslik. Quyida ularning ba'zilari haqidagi ma'lumotlar taqdim etiladi.

Teodor Obiang Ngema Mbasog, Ekvatorial Gvineya

Foto: newrepublic.ru

38 yildan buyon hukumat tepasida. Bugungi kunga kelib u mamlakatni eng uzoq boshqarib kelayotgan afrikalik rahbar hisoblanadi. Bir paytlar u prezidentlik saylovlarida yagona nomzod bo‘lgan. Taqdir taqozosi bilan o‘zining diktator  amakisi rejimini qulatib, hukumat tepasiga kelgan, 1991 yilda esa mamlakatda ko‘p partiyali tizimni o‘rnatgan. Biroq bu mamlakatda shaxsga sig‘inish tizimini o‘rnatishga xalaqit bera olmadi, mahalliy OAV esa uni avliyolarga tenglashtiradi.

Pol Biyya, Kamerun

Foto:businessfm.spb.ru

35 yildan beri hukumat tepasida. Ajoyib intellektual, u Fransiyaning Sorbonnasida ta'lim olgan. 1982 yilda o‘sha vaqtdagi prezident Ahmad Axijoni davlat to‘ntaruv harakatida ayblab, uning o‘rnini egallagan. Bir necha marta prezidentlik lavozimiga saylangan, har safar raqiblarini katta farq bilan mag‘lub qilgan. Aksariyat Biyyani diktator deb hisoblaydi, biroq u Fransiya bilan yaxshi munosabatlar o‘rnata olgan va bu uning siyosiy faoliyatiga yordam bermay qolmaydi.

Deni Sassu-Ngesso, Kongo

Foto:RIA Novosti / Aleksey Drujinin

38 yildan beri hukumat tepasida. 1979 yilgi inqilobdan keyin Joakim Yombi-Opangoni hukumatdan chetlatib, prezident lavozimini egalladi, Kongolez mehnat  partiyasidagi tanishlari esa uni partiya rahbari lavozimiga ham tasdiqlashdi. SSSRga yaqin bo‘lgan, sotsializm qurilishini ilgari surgan, biroq G‘arb bilan ham aloqalarini saqlab qolgan. SSSRda Mixail Gorbachyovning hukumat tepasiga kelishi bilan ro‘y bergan o‘zgarishlardan keyin o‘z mamlakatida demokratik o‘zgarishlarni ilgari sura boshlagan va erkin saylovlar sari qadam tashlagan. Ovoz berish jarayonida raqiblariga mag‘lub bo‘lgan. Paskal Lissabone mamlakat prezidenti bo‘lgan, unga qarshilik qilish Deni uchun fuqarolik urushiga aylangan. Denii Sassu-Ngesso Angola yordamida g‘alaba qozonishga muvaffaq bo‘lgan va hukumatga qaytgan. Ko‘p partiyali tizimga qaramay, deyarli butun hokimiyatni o‘z qo‘lida ushlashning uddasidan chiqqan.

Umar Hasan Ahmad Al-Bashir, Sudan

Foto:  AP Photo / Ali Ngethi

28 yildan buyon hukumat tepasida. Professional harbiy, u 1989 yilgi davlat to‘ntaruvi natijasida mamlakat boshqaruviga kelgan. Uning davrida mamlakatda bir necha qonli janglar bo‘lib o‘tgan, ularning eng ayanchlisi Darfurda bo‘lib, o‘shanda 200 nafardan ziyod kishi halok bo‘lgandi. Xalqaro hamjamiyat Al-Bashirni genotsidda ayblayotgani bois uni qo‘lga olishga order berilgan. Parade jurnali tomonidan zamonamizning eng yovuz  diktatorlaridan biri sifatida e'tirof etilgan.

Yoveri Kaguta Museveni, Uganda

Foto: news-smi.ru

31 yildan beri hukumat tepasida. Badavlat oiladan chiqqan, marksist, ko‘p yillar Idi Aminning diktatorlik rejimiga qarshi kurash olib borgan. Biroq diktator qulaganidan so‘ng turli siyosiy kuchlar o‘zaro kurashlarni boshlab yuborishgan va bu fuqarolik ziddiyatlariga aylanib ketgan. Hukumat tepasiga kelib, iqtisodiy islohotlar o‘tkazgan va bu mamlakat hayotini ancha yaxshilagan. Musevini hali ham saylovchilar orasida mashhur. U 2016 yildagi saylovlarda ham g‘alaba qozongan.

Mavzuga oid