Jamiyat | 19:09 / 20.11.2017
12856
2 daqiqa o‘qiladi

Braziliyalik politsiyachi qo‘lidagi bolasi bilan o‘g‘rilar bilan otishmaga kirishdi (video)

Braziliyada politsiyachi dorixonaga o‘g‘rilikka kirgan ikki jinoyatchini otib tashladi. Qizig‘i, u jinotchilarni bartaraf etayotganda qo‘lida bolasi bo‘lgan. Ta'kidlanishicha, jinoyatchilar o‘lganlar, bolaga esa hech narsa qilmagan. Ushbu holat kuzatuv kamerasi tomondan qayd qilingan.

Otishma 18 noyabrda Kampu-Limpu-Paulista shahridagi dorixonada yuz bergan. Politsiya serjanti Rafael Souza bo‘sh vaqtida rafiqasi va farzandi bilan dorixonaga kirgan. Politsiyachining rafiqasi sotuvchi bilan gaplashayotgan vaqtda ichkariga ikkita jinoyatchi bostirib kirgan. Ulardan birida o‘qotar qurol bo‘lgan. 

O‘g‘rilardan biri politsiyachiligini aytgan Souzaga to‘pponchani o‘qtagan. Politsiyachining aytishicha, o‘g‘ri o‘q uzmoqchi bo‘lgan va shu sababli politsiyachi oldinroq harakat qilib, to‘pponchasini olib, o‘g‘riga birinchi bo‘lib o‘q uzgan. Politsiyachida o‘g‘lini xavfsiz joyga yashirishga yoki juda bo‘lmasa polga qo‘yishga imkon bo‘lmagan.      

Souza o‘g‘lini bir qo‘li bilan ko‘kragiga bosgancha otishni davom ettirgan. Bu orada uning rafiqasi stellajlar orasida yashiringancha eriga qo‘lini cho‘zib, o‘g‘lini uzatishni yolvorib so‘ragan.

Politsiyachi o‘g‘lini rafiqasiga berib, ikkinchi jinoyatchi ortidan borib, uni ham bartaraf etgan. 

Jinoyatchilarning ikkisi olingan jarohatlardan voqea joyida o‘lgan. Ulardan biri 24 yoshli yigit bo‘lgan. O‘g‘rilardan biri o‘limidan oldin ular dorixona xodimi ko‘rsatmasi bilan harakat qilishganini tan olgan.

Mavzuga oid