Yevroittifoqning CAWECOOP loyihasi doirasida O‘zbekistonning tabiiy resurslari tejalmoqda
Markaziy Osiyo mintaqaviy ekologik markazi (MOMEM)ning O‘zbekistondagi filiali rahbari Shahnoza Umarova Yevropa Ittifoqining CAWECOOP loyihasi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar va eng yaxshi tajribalarga doir ma'lumotlarni taqdim etdi. YeI va MOMEMning suv resurslariga bag‘ishlangan yakuniy konferensiyasida qatnashgan KUN.UZ muxbiri shu haqida xabar berdi.
Shahnoza Umarova CAWECOOP loyihasi doirasida Farg‘ona vodiysining eng yaxshi tajribalari bo‘yicha demo-turlar amalga oshirilganini qayd etdi. Jumladan, 2017 yilning 9 noyabrida Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumani, "Navigul" QK, 10 noyabrda Namangan viloyatining Uchqo‘rg‘on tumani "Muhammadali hamkor servis", xuddi shu kuni Farg‘ona viloyatining Oltiariq tumani "A.Ismatov orzusi" fermer xo‘jaligiga uyushtirilgan demo-turlar bo‘yicha batafsil ma'lumot berildi.
Ularga ko‘ra, fermer xo‘jaliklarida tomchili va yomg‘irli sug‘orish, shuningdek kassetlarga ko‘chat urug‘larini ekish bo‘yicha innovatsion texnologiyalar qo‘llanilmoqda. Turli sabzavotlar yetishtirilib, ko‘chatlar uchun issiqxona, shuningdek intensiv mevali bog‘lar mavjud.
Bundan tashqari, tog‘li hududning o‘zlashtirilgan va rivojlangan qismlari haqida ma'lumot berilib, ularga turli mevali daraxtlar ekilgani, ikki quduq borligi, ulardan biri chuqur nasos bilan jihozlangani (chuqurligi 70 metr), ikkinchi quduqni jihozlash ishlarini tugallash rejalashtirilgani ta'kidlandi va bularning bari maxsus sxemalar orqali ekranda namoyish qilindi.
Loyiha doirasidagi ishlar amalga oshirilgandan keyin nimalar kutilmoqda?
- Mevali daraxt ko‘chatlarini ekish orqali yerlarni o‘zlashtirish va issiqxonalar tashkil qilish;
- Yangi ish o‘rinlarini yaratish;
- Elektr energiyasi xarajatlarini kamaytirish;
- Fermer va dehqon xo‘jaliklariga suvni tejovchi va energiya tejovchi texnologiyalarga doir tajribani yetkazish.
Mavzuga oid
19:32 / 07.11.2024
Tramp O‘zbekiston bilan munosabatlarni qanday olib boradi?
17:48 / 06.11.2024
«O‘zbekiston qit’alarimiz chorrahasida joylashgan va global aloqalarimiz markazida bo‘lishi lozim» - Ursula fon der Lyayyen
21:49 / 04.11.2024
O‘zbekistonliklar 2024 yilda Qozog‘istonda eng ko‘p pul sarflagan xorijliklar qatoriga kirdi
21:21 / 17.10.2024