Jahon | 15:35 / 22.11.2017
26554
1 daqiqa o‘qiladi

Kim Chen In qo‘shiq kuylash va o‘yin-kulgi qilishni taqiqladi

Foto: RIA "Novosti"

Shimoliy Koreya fuqarolariga “ichish, qo‘shiq kuylash va o‘yin-kulgi qilish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha uchrashuvlarda” ishtirok etish taqiqlandi. Shuningdek, KXDR rejimi “axborot ustidan nazoratni kuchaytirmoqda”, deb xabar berdi Yonhap yangiliklar agentligi.

Fox News taxminiga ko‘ra, qo‘shiq kuylash va xursand bo‘lishga qo‘yilgan bu taqiq Shimoliy Koreyaga qarshi sanksiyalar salbiy ta'sirining oldini olishga bo‘lgan urinishdir. Eslatib o‘tamiz, Shimoliy Koreya yaqinda o‘tkazgan yadroviy sinovlari tufayli yana qattiq bosim ostida qoldi.

Avvalroq KUN.UZ KXDR Janubiy Koreya bilan vaqtinchalik sulh haqidagi kelishuvni buzgani ma'lum qilingani haqida yozgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid