Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Koreyalik sarmoyadorlar O‘zbekistondagi chiqindilarni qayta ishlashga 60 mln dollar yo‘naltirmoqchi
O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi delegatsiyasi Koreya Respublikasiga tashrifi doirasida «Sejin G&E Co. Ltd» kompaniyasi vakillari bilan Ansan shahridagi chiqindilarni qayta ishlovchi «Ansan Recycling Center» korxonasiga tashrif buyurishdi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati xabar beradi.
Mazkur tashrif chog‘ida Qo‘mita hamda «Sejin G&E Co. Ltd» kompaniyasi o‘rtasida qattiq maishiy chiqindilarni utilizatsiya qilish va qayta ishlash, Toshkent viloyati Ohangaron tumanida joylashgan Toshkent shahar poligonida chiqindixona gazini qayta ishlab, undan elektr va issiqlik energiyasini olish texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha loyihalar ishlab chiqishni ko‘zda tutuvchi memorandumni imzolash rejalashtirilgan. Loyihaning umumiy qiymati esa 50-60 mln.AQSh dollari miqdorida baholangan.
Chiqindilarni qayta ishlovchi «Ansan Recycling Center» korxonasi qattiq maishiy chiqindilarni saralash bilan shug‘ullanib, Ansan shahrining 750 ming aholisiga xizmat ko‘rsatadi. Qattiq maishiy chiqindilarni saralash va qayta ishlashning yillik hajmi 15 ming tonnadan ziyodni tashkil etadi. Bugungi kunda korxona qattiq maishiy chiqindilarning 80 foizgacha bo‘lgan foydali komponentlarini saralash imkonini beruvchi zamonaviy texnologiyalar bilan ta'minlangan.
Mavzuga oid
18:20 / 04.07.2026
Toshkentning har bir tumanida 15-20 tadan jamoat hojatxonalari quriladi
10:30 / 04.07.2026
O‘zbekistonda 11 ta chiqindidan energiya ishlab chiqarish zavodi quriladi
09:15 / 27.06.2026
Qaysi mamlakatlarda yadro chiqindilari eng ko‘p? Yangi xarita e’lon qilindi
09:05 / 20.06.2026