Yoqutistonda kuchli qor bo‘roni vaqtida darslarni qoldirmagan o‘quvchilar xorijliklarni lol qoldirdi
Bloger Bolot Bochkarev tvitterda kuchli qor bo‘roni vaqtida maktabdan uylariga qaytayotgan yoqutistonlik o‘quvchilar videosini joylashtirdi.
“Chokurdax qishlog‘ida bolalar maktabdan uylariga qaytmoqdalar. Bu mening Yoqutistonim. Tangriga shukrki, Yakutskda bunday shamollar bo‘lmaydi”, deb izoh qoldirgan videoga bloger.
Ba'zi xorijlik foydalanuvchilar bolalarning bardoshiga tahsin aytishgan.
“-5 sovuqda maktabga eltib qo‘yishimni talab qilayotgan bu miyang‘i o‘g‘limga hozirgina bu videoni ko‘rsatdim. Mersi”, deb yozgan Scowling Owl niki ostidagi foydalanuvchi.
“Siz endi ruslar nima uchun bunchalik qat'iy ekanliklarini anglagandirsiz”, deb yozgan Weather nuts.
“Qanday turfa xillik: Niderlandiyada 10 sm qor yog‘sa, butun mamlakat ishlashdan to‘xtab, maktablar yopiladi”, deb yozgan Gabsor Fotografie.
“Jasurona”, deb yozgan Kaziam.
“Qoyil! Agar bizda – Irlandiyada shunga o‘xshash ob-havo sharoiti bo‘lganda maktablar yopilgan bo‘lardi”, deb yozgan Charlie Herron.
Ykt.Ru portali ma'lumotlariga ko‘ra, videodagi voqea Russkoye qishlog‘ida yuz bergan. Shamol tezligi soniyasiga 30 metrga yetgan. Oxir-oqibatda maktabdagi mashg‘ulotlarni bekor qilishga qaror qilingan.
Mavzuga oid
18:37 / 08.11.2024
Fuji tog‘iga birinchi qor yog‘di - bu 130 yildan beri kuzatilgan eng kech sana
09:48 / 23.09.2024
Janubiy Afrikada kutilmagan qor tufayli transport harakati izdan chiqdi
08:30 / 06.05.2024
Uralda kuchli qor yog‘ishi sababli favqulodda holat joriy etildi
10:17 / 01.05.2024