Xitoyda yangi sayyohlik yönalişi — Yaponiyaga borib, belkurak bilan qor tozalaş ommalaşmoqda. Bu haqda South China Morning Post xabar berdi.
Yaponiya sayyohlik agentliklari yangi yil arafasida xorijlik sayyohlar uçun maxsus dasturlarni işga tuşirdi. Ular qiş atmosferasini çuqur his qiliş uçun köçalarni qordan tozalaşni taklif qilmoqda.
Agentliklar Yaponiyaning Hokkaydo orolidagi Sapporo şahrida qor tozalaş uçun sayyohlik turlarini sotib, daromad qiliş yölini öylab topdi. U yerda yilning uçdan bir qismida harorat noldan past bölib, qor uyumlarining balandligi beş metrgaça yetadi. Sayyohlarga belkurak bilan işlaşdan taşqari, qor tozalovçi maşinada yuriş imkoniyati ham taklif etiladi. Turlar yanvar oyidan mart oyining oxirigaça amalda böladi. Narxi bir kişidan olti kişigaça bölgan guruh uçun 1600 dollarni taşkil etadi.
Yanvar oyi oxiridan fevralgaça bölgan davrda Xitoy çegarasini taxminan 7,7 million kişi kesib ötgan, xitoyliklarning katta qismi Yaponiyaga yöl olgan. Ötgan yilga nisbatan uşbu mamlakatga sayohatlar soni ikki baravarga oşgan.
Xitoyning janubiy qismida istiqomat qiluvçilarning ta’kidlaşiça, qor tozalaş ular uçun qiziqarli maşğulot, çunki bu yangi tajriba hisoblanadi. Sayyohlarning aksariyati umrida bunday köp qorni körmagan, ayniqsa uni belkurak bilan tozalamagan.
Avvalroq Xitoyda “qorli qişloq” nomi bilan tanilgan kurort rahbariyati sayyohlarni yöqotmaslik uçun sun’iy qor yasagani ma’lum bölgandi. Yangi yilni qişki muhitda nişonlamoqçi bölgan xitoyliklar qişloqqa kelganida, paxta va polimer kukunidan yasalgan sun’iy qor uyumlariga duç kelgan.








