Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Koreya prezidenti: O‘zbekiston bizning tashqi siyosat markazida joylashgan
Foto: Yonhapnews
Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In 23 noyabr kuni O‘zbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuv davomida O‘zbekiston uning yevroosiyo davlatlariga nisbatan yangi tashqi siyosati markazida joylashganini ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Yonhar.
"Janubiy Koreya ayni damda O‘zbekiston bilan ikki tomonlama aloqalarni yanada rivojlantirish bo‘yicha sa'y-harakatlarni davom ettirish harakatida", - deya ta'kidlab o‘tgan Koreya Respublikasi yetakchisi.
«Mamlakat yangi siyosat doirasida yevroosiyo davlatlari bilan sheriklik uchun iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha yangi qo‘mita tashkil etishni va turli sohalarda, jumladan iqtisodiy, transport va energetik sektorda qo‘shma loyihalarni amalga oshirishni rejalashtirmoqda», - deya aytib o‘tdi Mun Chje In. «Bu rejaning o‘rtasida O‘zbekiston bor, u Markaziy Osiyodagi hal qiluvchi davlat sanaladi», - degan u.
Janubiy Koreya prezidentining qayd etishicha, aynan shuning uchun o‘zbekistonlik hamkasbiga davlat tashrifi bilan kelishni taklif qilgan.
«Men O‘zbekiston prezidentiga Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari ichida mamlakatga birinchi bo‘lib tashrif buyurishni taklif qildim, hamda men ikki mamlakat o‘rtasida do‘stona munosabatlarni qo‘llab-quvvatlashni davom ettiraman», - deya aytib o‘tdi u.
Mavzuga oid
14:16 / 03.02.2026
O‘zbekistonliklar Janubiy Koreyaga vizani qanday olishlari mumkin?
15:32 / 02.02.2026
O‘zbekistonga koreyaliklar oqimi ko‘paydi: 46 ming tashrif
19:33 / 28.01.2026
Janubiy Koreyaning sobiq birinchi xonimi korrupsiya tufayli qamoq jazosiga hukm qilindi
09:39 / 27.01.2026