Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Misrlik taniqli olim – Qarazoviy tashkiloti terrorchilar ro‘yxatiga kiritildi
Foto: Lamro
Saudiya Arabistoni podshohligi, BAA, Bahrayn va Misr yagona "terrorchilar ro‘yxati"ga 11 kishi va 2 tashkilotni qo‘shdi. Bu haqda Arabistonning SPA davlat axborot agentligi xabar qilmoqda.
Ro‘yxatga kiritilgan tashkilotlardan biri misrlik taniqli ulamo Yusuf Qarazoviy rahbarligidagi Islom ulamolari Xalqaro ittifoqidir. Qatarda istiqomat qiluvchi olim "Musulmon birodarlar" uyushmasining rahnamolaridan biri hisoblanadi. Avvalroq, uning o‘zi ham yuqoridagi 4 davlatning "terrorchilar ro‘yxati"ga kiritilgan edi.
Shu yilning iyun oyida 59 kishi va 12 tashkilot Qatardan yordam olganligi uchun terrorizmni qo‘llab-quvvatlovchi tashkilotlar va shaxslar ro‘yxatiga kiritilgan edi. Iyul oyida uning safi yana 9 kishi va 9 tashkilot bilan kengaytirilgandi.
Mavzuga oid
09:41
O‘zbekiston fuqarolari qaysi davlatlarga ko‘proq bormoqda?
08:43
Saudiya Arabistoni “mashinasiz shahar” qurishni jadallashtirmoqda
17:39 / 22.05.2026
Shavkat Mirziyoyev Milliy kitobxonlik harakatiga start berdi
14:31 / 22.05.2026