Fan-texnika | 19:00 / 23.11.2017
15386
2 daqiqa o‘qiladi

Nemis kimyogarlari ko‘rinmas libos uchun material ishlab chiqishdi

Foto: Shutterstock

Nemis olimlari kashf qilgan metamaterial materiyaning odatdagi shaklidan farqli ravishda nafaqat yuqori bosimga dosh beradi, balki uning ta'sirida kengayadi. 

Metamateriallar deb tabiatda uchramaydigan obektlarga aytiladi. Ularning xususiyati uning tarkibini hosil qiluvchi elementlar xususiyati bilan birga, sun'iy ravishda sintezlashtirilgan davriy tuzilmasiga ham bog‘liq bo‘ladi. Olimlar tabiiy matritsadan, unga turli davriy tuzilmalarni kiritish orqali o‘zlari istagan, tuzilmalar hajmi, shakli, tuzilmalarning matritsadagi takrorlanish davriyligi ular belgilaganidek bo‘ldi. 

Sintezlashtirilgan metamateriallar texnologik jihatdan erishish mushkul bo‘lgan yoki tabiatda uchramaydigan fizik xususiyatlarni namoyon etadi. Xususan, metamateriallar noodatiy xususiyati bilan yorug‘likni salbiy sindiruvchi ko‘rsatkichga ega bo‘lishi mumkin. Undan esa, 3 hadli jismlarni yashira oladigan libosni tiksa bo‘ladi. 

Olimlarning tadqiqoti haqida Physical Review X jurnali maqola chop etishi rejalashtirilgan.  

Mavzuga oid