Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vetnamdagi urush faxriylari ma'lum bir kasallik tufayli birin-ketin vafot etmoqda
Foto: Getty Images
Vetnamdagi urush faxriylari bo‘lgan amerikaliklar o‘sha yillarda yuqtirib olgan parazitlar tufayli hayotdan ko‘z yumishmoqda. Buni AQShning Faxriylar ishi bo‘yicha vazirligi mutaxassislari aniqlashgan, deb xabar bermoqda Tech Times portali.
Vetnamda urush yakunlanganidan 40 yil o‘tib AQShda faxriylar o‘t pufagi yo‘li kasalliklaridan aziyat chekishmoqda. Xolangiokartsinoma (o‘t pufagi yo‘lidagi salbiy o‘simta) juda kam uchraydi, u bilan kasallanish yiliga 100 ming aholida 1 yoki 2 marotaba uchraydi. Biroq, vazirlik ma'lumotlariga ko‘ra, so‘nggi 15 yil davomida xolangiokartsinoma yuzlab faxriylarda topilgan.
Janubi-Sharqiy Osiyoda esa xolangiokartsinoma jigar so‘ruvchilari – issiq qonli sutemizuvchilar, jumladan kishilar organizmiga xom yoki yaxshi pishirilmagan baliq bilan tushadigan parazitlar bilan kasallanishga bog‘liqdir. Jigar so‘ruvchilari, jumladan, Vetnamdagi daryolarda ham ko‘p uchraydi.
Faxriylarning so‘zlariga ko‘ra, ular zaxiralar yakuniga yetib qolganida, baliq «ovlashgan» - suvga granata tashlashgan hamda karaxt bo‘lib qolgan baliqlarni tutishgan, keyin esa ularni past olovda tayyorlashgan. Bu tutun orqali o‘zlariga e'tibor tortmaslik maqsadida qilingan. Albatta, baliq parazitlar yo‘q bo‘ladigan daraja tayyorlanmagan.
50 nafar faxriyning qon tahlili shuni ko‘rsatdiki, namunalarning 20 foizida jigar so‘ruvchilariga antijismlar (organizmda antigenlar paydo bo‘lishi bilan yuzaga keladigan va ularning ta'sirini yo‘qotadigan moddalar) bo‘lgan. Zamonaviy tibbiyot parazitlardan qutulishga imkon beradi, biroq ular o‘n yillar davomida yashirinib o‘tirishi, vaqt o‘tgan sayin esa turli kasalliklarni chaqirishi mumkin. Kasallik alomatlari – vaznning yo‘qolishi, og‘riq, sariq kasali – uning eng so‘nggi bosqichida rivojlanadi, bunda bemorning o‘limiga bir necha oy vaqt qolgan bo‘ladi.
Mavzuga oid
23:17 / 15.04.2026
Pentagon Kubaga qarshi harbiy operatsiyaga tayyorgarlikni boshladi – OAV
21:59 / 15.04.2026
AQSh Ho‘rmuz bo‘g‘ozi qamalini davom ettirsa, Eron uchta dengizni yopish bilan tahdid qildi
20:51 / 15.04.2026
TIME jurnali 2026 yilning eng nufuzli 100 kishisini e’lon qildi
09:41 / 15.04.2026