Sport | 14:04 / 24.11.2017
4254
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va BAA velosiped sporti bo‘yicha hamkorlik qiladi

Foto: Velosiped sporti federatsiyasi

O‘zbekiston Velosiped sporti federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari Kozim O‘rinboyxo‘jayev Osiyo velosport konfederatsiyasi prezidenti Osama Ahmad Al Shafarning taklifiga ko‘ra Birlashgan Arab Amirliklariga xizmat safari uyushtirdi.

Kozim O‘rinboyxo‘jayev konfederatsiya hamda Birlashgan Arab Amirliklari Velosiped sporti federatsiyasining mutasaddilari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Unda O‘zbekiston Velosiped sporti federatsiyasi va Osiyo velosport konfederatsiyasi, Birlashgan Arab Amirliklari Velosiped sporti federatsiyasi o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, O‘zbekiston Velosiped sporti federatsiyasi raisining birinchi  o‘rinbosari Kozim O‘rinboyxo‘jayev Yoshlar va sport qo‘mitasi raisi Yusuf al Salkar bilan uchrashib, ikki mamlakat o‘rtasidagi o‘zaro tajriba almashinuvini yo‘lga qo‘yish borasida ham kelishuvga erishdi.

Bundan tashqari, Kozim O‘rinboyxo‘jayev va Osama Ahmad Al Shafar O‘zbekiston Velosiped sporti federatsiyasi va Osiyo velosport konfederatsiyasi hamda Birlashgan Arab Amirliklari Velosiped sporti federatsiyasining hamkorlik to‘g‘risidagi memorandumini imzoladilar.

Ushbu memorandum Birlashgan Arab Amirliklari hamda O‘zbekiston velosportchilari o‘rtasida ikki tomonlama o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari o‘tkazish va musobaqalarda ishtirok etish, tegishli mutaxassis va ekspertlariga o‘quv kurslari, seminar va konferensiyalarda ishtirok etish imkonini beradi. Bundan tashqari O‘zbekiston velosipedchilar terma jamoasining xorijda malaka oshirishi, tajriba almashishi, nufuzli musobaqalarda ishtirok etishini yo‘lga qo‘yish, murabbiylar uchun xalqaro yig‘inlarni tashkil etish bo‘yicha ham hamjihatlikda ishlashga kelishib oldilar.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid