Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Uch yirik kompaniya gibrid samolyot yaratish ustida ish olib bormoqda
Rolls-Royce kompaniyasi Airbus SE va Siemens AG kompaniyalarining gibrid yo‘lovchi samolyoti yaratish loyihasiga qo‘shildi. Bu haqda Bloomberg axborot agentligi xabar bermoqda.
Ta'kidlanishicha, samolyot 100 o‘rinlik bo‘ladi. Bu istiqbolli loyiha doirasida Rolls-Royce 2 MVt li elektr dvigatel yaratish bilan shug‘ullanadi.
Nashrning ma'lum qilishicha, bu axborotni noma'lum bo‘lib qolishni istagan odam yetkazgan, chunki gap tijorat siri haqida ketmoqda.
Manbaning aytishicha, Rolls-Royce bilan tegishli kelishuvning imzolangani 28 noyabrda rasman e'lon qilinishi mumkin.
Nashrning ta'kidlashicha, Siemens va Airbus shu tariqa 20 va 40 MVt li elektrodvigatellarga ega bir seksiyali samolyotni yaratish maqsadlariga yaqinlashadilar.
Bundan avval Siemens 60 kVt li elektr dvigatellar bilan osmonga ko‘tariluvchi samolyotni taqdim qilgandi.
Mavzuga oid
18:51 / 06.07.2026
Rolls-Royce dengiz uslubidagi Phantom’ni namoyish etdi
18:11 / 20.06.2026
Tramp Qatar sovg‘a qilgan 400 mln dollarlik yangi samolyotni namoyish qildi
08:00 / 06.06.2026
Airbus 22 soatgacha parvoz qila oladigan samolyotni sinamoqda
20:07 / 27.04.2026